Get Mystery Box with random crypto!

#HalalRelationship Eng dolzarb mavzuni o'qiganlarimiz, eshi | Islomiy Statuslar 🕋

#HalalRelationship

Eng dolzarb mavzuni o'qiganlarimiz, eshitganlarimiz, ko'rganlarimizga asoslanib qo'rqmasdan ochdik. Qani Bismillah...

Avvalo ozroq tarixdan kelasak. Oldin munosabatlar qanday bo'lgan?

Yigit: bir qizni yoqtirgan va yoniga borib sen bilan shuncha yil o'qidik yoki ishladik, seni yaxshi taniman, men bilan oila qurishga nima deysan?

Qiz: Haa, balkim, boring otam bilan gaplashing!

Yigit: Otani oldiga borgan va hammasini tushuntirgan.

Ota: Juda yaxshi men qizim bilan gaplashib ko'raman... Tugadi.

Bugun qanday bu holat endi?

Yigit: Tanish qiz oldiga boradi, siz bilan tanishmiz anchadan buyon, men bilan oila qurishga nima deyasiz?

Qiz: What??? No, no, no!!! Dadamga ayta ko'rmang! Mani o'ldiradila.... Astag'firulloh...

Buni sababi ba'zi ota-onalar ham. Yigit borib qizning otasi bilan gaplashsa, kechki payt uyda majlis!

Ota: Qizim biz sani shu maqsadda o'qishga yoki ishga jonatganmidik? Biz sanga ishongandik... v.h.k

Lekin surishtiruv yo'q! Vaziyat qanaqa? Kechirib qo'yasizlarku siz birinchi o'rinda o'zingizni, o'z farzandingizni ayblayapsiz! Hammasi siz o'ylagandan boshqachadir balki? Yoki bergan tarbiyangizdan shubha qilasiz?

Barchasini sahobalar bajarganidan ko'ra qiyinlashtirmang!

Islom dini mukammal din. Yigit bilan qiz munosabatga kirishishida hech qanday etiroz yo'q! Faqat ota-onalar ko'rsatmasi va oshkoralik bilan. Agar siz buyoqdan qizingizni bo'g'aversangiz boshqa yoqda o'g'lingizga umrida ko'rmagan bittasini olib bersangiz ma'no qayerda qoladi?

Bu degani o'g'il va qiz xohlaganicha gaplashaveradi degani emas. Faqat nazorat ostida bir-birini harakterlarini o'rganishi mumkin. Har baloni gaplashadigan o'g'il-qizlar bundan mustasno!

Yana bir ajoyib misol keltiraman! Muso Alayhissalom hikoyasi qanday bo'lgan? Ko'chada yakka holda ishlayotgan Muso Alayhissalom nariroqda ishlayotgan bir guruh qizlarga boradi va yordam beradi. Shunda, qizlardan bittasi uni yoqtiradi va otasidan uni ishga olishini so'raydi. Bundan ayonki qiz taklif bildiryapti va bu juda tabiiy holat. Uyat, bu kuningdan o'lganing yaxshi degani emas.

Kimnidir yoqtirsangiz buni o'ziga aytib qo'ying! O'g'il, qiz buni farqi yo'q. Qiz bola aytsa tezda ooh bu tarbiyasiz qiz ekan deb xulosa chiqarish yaxshi emas. Surishtiruv zarur.

Xurmatli o'g'il -qizlar agar bittasini yoqtirsangiz, buni ota-onalar ko'rsatmasi bilan bemalol halol yo'l bilan hal etish mumkin. Ayting sizga yoqishini tamom!

Bu gaplarni hammasini o'z tilimdan, fikrlarimni Islom olamidagi taniqli ulamolar gaplari bilan qorishtirib yozdim! Va Allohu Alam!


Manba:
@miltonbooks

➫ T.me/Islomiy_Statuslar