Get Mystery Box with random crypto!

Islomiy Rasmlar

Telegram kanalining logotibi islomiy_rasmlar_tv — Islomiy Rasmlar I
Telegram kanalining logotibi islomiy_rasmlar_tv — Islomiy Rasmlar
Kanal manzili: @islomiy_rasmlar_tv
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 131
Kanalning ta’rifi

Profilingiz uchun pechatsiz islomiy rasmlar olami! 🌸
Reklama 👉 | @Islomiyda_rek 🌝

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-05-04 18:29:01
Gunohga qo'l urishdan oldin uch oyatni yodga oling:
– "Alloh ko'rishini bilmasmidingiz?"
(Alaq surasi, 14 - oyat).

– "Rabbisining maqomidan qo'rqqanga ikki jannat bordir"
(Rahmon surasi, 46 - oyat).

– "Kim Allohga taqvo qilsa, unga (muammosidan) chiqadigan yo'l qilur"
(Taloq surasi, 2 - oyat).

@islomiy_rasmlar_tv | Islomiy rasmlar olami
4.2K viewsمدينة, 15:29
Ochish/sharhlash
2023-05-04 17:59:37
Islomiy kitoblar olamiga marhamat.

Qalb iffati
Soliha ayol
Nikoh kitobi
Oisha onamiz
Eng Sahih duolar
Soadat asri qissalari
Chunki sen Allohsan
Jannatdan taklifnoma
Imom G’azzoliy kitoblar
Seni Jannatda kutaman

O'zingiz uchun bir qancha manfaatli Kitoblar va Vidoelarni ko'rishingiz mumkin

Bu kanal aynan SIZ uchun
3.8K viewsAbdulaziz, 14:59
Ochish/sharhlash
2023-05-04 15:29:02
KO'ZLARIMGA TERMUL, GUNOHLARING TO'KILSIN.

Er shosha-pisha oshxonada kuymalanayotgan ayolining oldiga keldi:
– Menga qara, ko'zlarimga qara-chi?
Ayol hayron tikildi xojasiga:
– Nima bo'ldi, tinchlikmi? Ko'zimga nimadir bo'libdimi?
Er so'zsiz termulib turaverdi jufti halolining ko'zlariga. Bir muddat tikilar ekan:
– Alhamdulillah! - dedi er. – Ertalab og'ir uyg'ondim. Hanuz bu og'irlik ezaverdi yelkamni. "Juftlar bir-biriga muhabbat bilan tikilsalar gunohlari to'kiladi", degan hadis keldi hayolimga. Yoningga yugurdim. Allohga shukr, ko'zlaringga tikilgandim ruhim yengillashdi.

seni jannatda kutaman, kitobidan.
@islomiy_rasmlar_tv | Islomiy rasmlar olami
4.9K viewsمدينة, 12:29
Ochish/sharhlash
2023-05-04 15:01:02
𝗣𝗦𝗜𝗫𝗢𝗟𝗢𝗚𝗜𝗞 𝗧𝗘𝗦𝗧

𝗦𝗜𝗭 𝗤𝗔𝗬𝗦𝗜 𝗧𝗔𝗢𝗠𝗡𝗜 𝗝𝗨𝗗𝗔𝗬𝗔𝗠 𝗬𝗔𝗫𝗦𝗛𝗜 𝗞𝗢ʻ𝗥𝗔𝗦𝗜𝗭?
𝗙𝗔𝗤𝗔𝗧 𝗕𝗜𝗧𝗧𝗔𝗦𝗜𝗡𝗜 𝗧𝗔𝗡𝗟𝗔𝗡𝗚 𝗩𝗔 𝗝𝗔𝗩𝗢𝗕𝗟𝗔𝗥𝗡𝗜 𝗕𝗜𝗟𝗜𝗕 𝗢𝗟𝗜𝗡𝗚!
𝗕𝗢𝗦𝗜𝗡𝗚
4.3K viewsMuslima, 12:01
Ochish/sharhlash
2023-05-04 10:29:01
Nega erkaklarga jannatda hurlar va’da qilingan va aniq qilib bayon qilingan, ayollarning mukofoti aytilmagan?

Bir arab hikmati bor:
Ba’zan sukut so‘zdan ko‘ra balandroq va aniqroq yangraydi.

Alloh taolo bu haqida sukut qilib, mukofot yo‘qligini emas, balki uning ta’rifiga so‘z ojizligini bildirmoqda. Ularning ajrlari Robbilari huzuridadir.

No‘mon Ali Xon

@islomiy_rasmlar_tv | Islomiy rasmlar olami
6.5K viewsمدينة, 07:29
Ochish/sharhlash
2023-05-04 09:59:02
—Oʻrtoq, kayfiyat qalay odam zerikdiku

— Kayfiyat zoʻr senga bir kanalni tavsiya qilaman, zerikish nimaligini unutvorasan

— Qanday kanal ekan

— Antiqa kanal. Kulaverib ichagim uzilay dedi Tezroq ulanib ol va miriqib kul
5.8K viewsAbdulaziz, 06:59
Ochish/sharhlash
2023-05-04 06:38:01
Mushikchalar

@islomiy_rasmlar_tv
7.0K viewsAbdulaziz, 03:38
Ochish/sharhlash
2023-05-03 18:29:01
Musulmonlik nima degani bilasanmi?

Olamlarning Robbisi tomonidan "tanlab olingan" degani. Buni his qilib ko'rishlikni o'zi insonga ulkan hayajon bag'ishlashi kerak.
Qanday darajaga tushib qolgan bo'lsang ham, buni his qilib Alloh'ga qayt. Seni tanlab olgan Robbing huzuriga qayt. Unga itoat qilib, bergan iymoni shukrini ado qil. Chunki U senga boshqalarga bermagan eng ulug' ne'matni ikrom qildi.
His qilyabsanmi?

@islomiy_rasmlar_tv | Islomiy rasmlar olami
8.6K viewsمدينة, 15:29
Ochish/sharhlash
2023-05-03 15:29:01
#Sir

• Qalblar sirdir. Inson ko‘ksi qulflangan bir sandiq misolidir.
• Ba’zi insonlar o‘rnini hech kim to‘ldira olmaydi.
• Ya’qub alayhis salomning o‘n bir o‘g‘illari bor edi. Ammo u kishi Yusuf alayhis salomni izlab qolar edilar.
• Nabiyyimiz sallollohu alayhi va sallamning xotinlari ko‘p edi. Ammo Hadicha roziyollohu anhoning o‘rinlari bo‘sh qolaverdi.
• Ba’zilar bizning hayotimizga kirib keladi, ammo hech qachon chiqib ketmaydi!
• Shunaqa insoningiz bo‘lsa ehtiyotlang!

Abdulqodir Samarqandiy

@islomiy_rasmlar_tv | Islomiy rasmlar olami
8.1K viewsUmar, 12:29
Ochish/sharhlash
2023-05-03 11:29:01
Arablarda shunday naql bor: "Avval rafiq ba'da tariq".
Ya'ni "Yo'ldan oldin yo'lchi tanlanur".
Bu hayot zahmatlaridan eson omon o'tmoqlik uchun o'zingizga yaxshi yo'ldosh izlang. Agar uni topgan bo'lsangiz mahkam tutingki yo'l o'rtasida yo'ldan toymang. Va Allohga hamd ayting, shunday yo'lchi ila taqdiringizni bir qilgani uchun...

@islomiy_rasmlar_tv | Islomiy rasmlar olami
8.5K viewsمدينة, 08:29
Ochish/sharhlash