Get Mystery Box with random crypto!

#Hikmat Luqmoni Hakimdan soʻradilar: – Eng dono kim? Aytdi | Islomiy Rasmlar

#Hikmat

Luqmoni Hakimdan soʻradilar:

– Eng dono kim?
Aytdi: – Hayot qiyinchiliklaridan gʻamgin boʻlmagan kishi.

Soʻradilar: – Eng yaxshi boylik nima?
Aytdi: – Aql.

Soʻradilar: – Qaysi oʻt oʻz yoquvchisini kuydiradi?
Aytdi: – Hasad oʻti.

Soʻradilar: – Qanday bino vayron boʻlmaydi?
Aytdi: – Adolat binosi.

Soʻradilar: – Qaysi achchiq narsaning soʻnggi shirin?
Aytdi: – Sabrning.

Soʻradilar: – Qaysi narsaning oxiri achchiq?
Aytdi: – Shoshqaloqlikning.

Soʻradilar: – Qaysi dard bedavo?
Aytdi: – Tentaklik.

@islomiy_rasmlar_tv | Islomiy rasmlar olami