Get Mystery Box with random crypto!

#tabassum Bir kuni er-xotin urishib qolibdi.⠀ Eri: – Sen bila | Islomiy Rasmlar

#tabassum

Bir kuni er-xotin urishib qolibdi.⠀
Eri:
– Sen bilan ortiq yashay olmayman. Narsalaringni olgin-da, ota uyingga jo'na! – debdi.
Xotini ketibdi.
Kun kech bo'lgach, eri sekin telefonni olib xotiniga qo'ng'iroq qilib debdi:
– Onasi, boraymi..?
– Mayli. Faqat bitta shartim bor.⠀
– Xo'sh?
– Oshxonaga kiring.
– Kirdim.
– Qo'lingizga likopchani olib, uni zarb bilan yerga uring.
– Urdim.
– Endi siniqlarini yig'ib, avvalgi holiga keltiring.
– Iye, xotin. Men plastik tarelkani yerga urgandim. Singani yo'q..!
– Obbo! Ming yillik rivoyatni rasvo qildingiz. Keling, tezroq olib keting. Ota-onamga birrovga keldim, degandim, — debdi xotini.

@islomiy_rasmlar_tv | Islomiy rasmlar olami