Get Mystery Box with random crypto!

#Savdodagi_nozik_fiqh Muzorabaga oid bir hukm Muzorabada kap | Islomiy Psihologiya

#Savdodagi_nozik_fiqh


Muzorabaga oid bir hukm
Muzorabada kapital egasi zarar koʻrmasligini kafolatlaydigan bir usul bor. U ham boʻlsa kapital egasi va ishchining oʻrtasiga yana bir kishining "ikkinchi darajali kapital egasi" boʻlib kirishidir. Hidoyada kelishicha pul uch yoʻl bilan topiladi: mehnat, pul va "zamonat". Zamonat bu zarar koʻrilganda zararni boʻyniga olish tufayli mehnatsiz va pulsiz foydaga sherik boʻlishdir. Masalan Ahmadning puli bor, ammo ishlamoqchi emas. Doston yaxshi ishchi, ammo puli yoʻq. Ikkalasi muzoraba bitimini tuzmoqchi. Biroq Ahmad zarar koʻrishni xohlamaydi. Salimning esa puli ham yoʻq, ishlamoqchi ham emas, ammo pul topmoqchi. Shunda oʻrtaga Salim kirib zarar koʻrilganda zararni qoplash sharti bilan foydaga sherik boʻladi. Bu yerda Ahmad kapital egasi sifatida Salim bilan shartnoma imzolaydi. Oʻz navbatida Salim ham kapital egasi sifatida Doston bilan shartnoma imzolaydi.
Salimning oʻrnida faoliyat yuritadigan shirkatlar kelajakda koʻpaysa kerak vallohu aʼlam! Biroq unga koʻproq iqtisodchi analitiklar zarur boʻladi
@
@islomiy_psixologiya