Get Mystery Box with random crypto!

Bir soliha ayolning qiziga aytganlari: ➀ Qizim, Alloh senga m | الصبر🤍

Bir soliha ayolning qiziga aytganlari:

➀ Qizim, Alloh senga munosib ko‘rganni sevib, qadriga yet. Ayol kishining eng katta xatosi – eri bilan boshqaning erini solishtirmog‘idir.
▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁
➁ Qizim, shuni bilginki, kimlarnidir sening eringga ham havasi keladi. Eringning boshqalarda yo‘q yaxshi sifatlari ham borligini unutma!
▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁
➂ Qizim, sahobiya ayollardan o‘rnak ol. Ular “Biz erlarimizga sizlar amirlaringga muomala qilganingizdek muomala qilamiz”, der edilar.
▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁
➃ Qizim, rashk bobida haddan oshmagin! Noo‘rin rashk – oila baxtiga raxna soluvchi va ortiqcha rashk taloqning kalitidir.
▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁
➄ Qizim, aqlli ayol erining qalbidagi muhabbatni uyg‘ota oladi va eri nimalardan rozi bo‘lishi va nimalardan g‘azablanishini yaxshi biladi.
▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁
➅ Qizim, eringni xobxonada o‘n yillik turmush o‘rtog‘im, deb bil. Hayotda esa unga o‘n kunlik kuyovga muomala qilgandek munosabatda bo‘l.
▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁
➆ Qizim, ering uchun ziynatlanishni zinhor tark qilmagin! Eng yaxshi ziynat – surma va eng yaxshi atir suvdir.
▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁▁
➇ Qizim, mana bu hadisni doim yodingda tut: «Qaysi ayol eri undan rozi bo‘lgan holda vafot topsa, jannatga kiradi». (Termiziy rivoyati)


Yusuf Tovasiliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan

Yaqinlarga ulashing! Balkim foydasi tegib qolar.

@Alsabrana