Get Mystery Box with random crypto!

“SADAQA QILISHNING BIR NECHA TURLARI” Kursilar sotib olib m | Islomiy_Maruzalar

“SADAQA QILISHNING BIR NECHA TURLARI”

Kursilar sotib olib masjidlarga hadya qiling.
Namozxonlar oʻtirib namoz oʻqishsa sizga ajri boradi in shaa Alloh..

Xonangiz darchasiga qushlar uchun ozgina suv yoki ushoqlarni sepib qoʻying. Buni oʻzingizga odat qilib oling..

Eskirib qolgan kiyimlaringiz (koʻylak, shim, paypoq) boʻlsa, agar qodir boʻlsangiz yangisini sotib olib ishchilarga tarqaing..

Xonangizga kichkinaroq sandiqcha qoʻyib qoʻying. Har safar gunoh ish qilganingizda 1000 soʻmdan solib turing. Bir oydan soʻng sandiqcha ichidagi pullarni olib sadaqa qilib yuboring. Har oyda shunday qilishga odatlaning..

Uyga kirganda va uydan chiqqanda oʻqiladigan duolarni yozib, imorat eshigiga osib qoʻying. Har kim kirganda va chiqqanda oʻqisa ajri sizga ham boradi..

Maoshingizdan bir qismini yetimlarni taʼminlash uchun olib qoʻying..

Agar uyingizni oldida ishchilar ishlayotgan boʻlsa, ularga muzdek suv va sharbat taqdim eting. Bu ishingiz sizdan na vaqt, na pul va na mehnat talab qiladi..

Benzin olishga kirdingiz. Sizga qaytimini qaytarishayotgan mahal u ishchidan avval soʻrang, agarda musulmon boʻlsa, qaytimini unga qoldirib “sadaqam boʻlsin” deb ayting. Agarda musulmon boʻlmasa, qaytimini unda qoldirib, diningizni unga chiroyli tarzda koʻrsating..

Masjidlardan biriga musʼhafni olib borib qoʻying. Har safar oʻqishganlarida sizga ajri boraveradi. Qurʼondagi har bitta xarf uchun oʻnta hasanot yoziladi. Endi undan kelayotgan ajrlarni tasavvur qilavering..

Agarda suv idishingizda ozgina boʻlsa ham suv qolgan boʻlsa, oldingizdan chiqqan oʻsimlikni sugʻorib, vafot etganlar ruhiga bagʻishlang..

Musulmonning qalbiga xursandchilik bagʻishlang. Ayniqsa gʻamga botganlarning dilini xushnud eting..

Oʻtgan ketganga tabassum qiling, oʻtirganlarga salom bering. Chunki birgina shirin soʻzning oʻzi bir dunyo sadaqadir..

Bu maqolani boshqalar bilan ulashing. Ehtimol kimdir bundan foydalansa, siz ham savobga qolasiz.

Subhanalloh valhamdu lillah, va laa ilaha illalloh vallohu akbar.. Subhanallohul aziym..

Allohim, bu ishim meni xaqqimga va ota onamning xaqqilariga sadaqam boʻlsin, hamda buni boshqalar bilan ulashganlarga va ularning ota onalari xaqqilariga ham sadaqalari boʻlsin...


Кўк линкни босиб каналимизга обуна бўлинг
@ISLOMIY_MARUZALAR_0204