Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston CGI bozorida Imunitet. Gapni shunday ham boshlash | Islomiddin (hobby)

O'zbekiston CGI bozorida Imunitet.

Gapni shunday ham boshlashim mumkin edi. "-E, bo'ldi-e. Yig'ishtir kukla o'qituvchiyu, qop-qop quruq va'dalaringni". Lekin odobga to'g'ri kelmaydi.

CGI bozorimizda g'alvir ko'tarilish arafasida. O'z o'qituvchilariga ishongan kurslargina qoladi In Sha Alloh. Bunda sizning ham yordamingiz kerak bo'ladi albatta.

Hullas bu post, CGI sohasini yolg'onlar bilan niqob qilib, sohaga endi kirib kelayotgan insonlarni cho'ntagini shilishni kasb qilib olgan insonlarga tegishlidir.

Bu postni maksimal tarqatib, sohaga endi kirib kelayotgan insonlarda. Mosheniklarga nisbatan imunitet hosil bo'lishiga yordam bering. Agar bu post maksimal tarqalsa va ko'pchilik ergashsa. Mosheniklarni ochiqchasiga aytib chiqishga menda ham kuch bo'ladi. Chunki ularda auditoriya katta. Ular orasida 2X2=6 desa to'g'ri deb chappak chalib indamay ketadigan insonlari ham topilishi mumkin!

Qayerda bo'lsa ham soha haqida baxs ketsa.
Sohada ozroq bo'lsa ham tajribangiz bo'lsa, Sohaga oid xar bir fikrlarga andisha qilmay o'z fikringizni holisona bildiring.

Meni aynan "VE" kursiga yopishib olgan deyishadi. Afsuski unday emas. Siz e'tibor bermagan mayda yoki gigant insonlar ham birovlarni ishlarini o'ziniki qilib. Sohaga qiziqgan insonlarga, kiprik ham qoqmay. O'zi yetarli tajribaga ega ham bo'lmay dars berib yurishibdi.

Men Freelancerman. Aslida menga baribir bo'lishi mumkin edi. Lekin sohada 5 yil yurib, Shu mosheniklik tizimimdan chiqib ularga, yangi kirib kelayotgan insonlarga achinaman. Shu tizimdan chiqganimdan ber ularni ko'rib jim qarab turaolmaganman va indamay turaolmaydigan boshqa hamkasblar ham sekin-sekin chiqmoqda. Bizni qo'llab quvvatlang yoki CGI sohasi, O'zbekistonda buvisinikiga kirishini va qaysidir uzoqroq yoki yaqinroq tanishingiz. Vaqtini, pulini bekordan-bekor yo'qotishini, tinchgina guvoxi bo'lib o'tiravering!