Get Mystery Box with random crypto!

POST va PUT bir biridan qanday farq qiladi? POST va PUT metod | Islomiddin O'rinboyev

POST va PUT bir biridan qanday farq qiladi?

POST va PUT metodlari HTTP so'rovlarni bajarishda juda ko'p o'xshashliklarga ega. Lekin shunday bo'lsa ham har ikkisining o'z o'rni bor.

1. PUT metodi ma'lum bir resursga yuboriladi.
Namuna: PUT /post/{post_id}
Ushbu holatda mavjud resurs yangilanadi

POST metodi yaratilishi kerak bo'lgan resursga yuboriladi
Namuna: POST /post
Ushbu holatda yangi resurs yaratiladi

2. PUT metodi idempotentdir yani PUT /post/{post_id} ushbu urlga bir vaqtda bir necha marta so'rov yuborilsa bu ushbu resursni bir marta yangilanishi bilan tengdir

POST metodi esa idempotent emas yani necha marta so'rov yuborsangiz shuncha marta yangi resurs yaratilishiga olib keladi

3. UPDATE operatsiyalarda odatda PUT dan foydalaniladi.
CREATE operatsiyalarda odatda POST dan foydalaniladi

Qo'shimcha: Resurslar to'plamining bir qismi bo'lgan bitta resursni o'zgartirmoqchi bo'lganingizda PUT dan foydalaning. PUT resursni butunlay qayta yozadi. Agar so'rov resursning bir qismini yangilasa, PATCH dan foydalaning.