Get Mystery Box with random crypto!

1-savol Robbing kim? Javobi.! Robbim Alloh. 2-savol | Islom Dini |Islom dini haqida barchasi..

1-savol Robbing kim?
Javobi.! Robbim Alloh.
2-savol Dining qaysi?
Javobi.! Dinim islom.
3-savol Payg‘ambaring kim?
Javobi.! Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam.
4-savol Kitobing qaysi?
Javobi.! Kitobim Qur‘oni Karim.
5-savol Tilaging nima?
Javobi.! Tilagim iymon.
6-savol Qiblang qaysi?
Javobi.! Qiblam Ka‘batulloh.
7-savol Millating qaysi?
Javobi.! Ibrohim Halilulloh millatidanman.
8-savol Kimning mazhabidansan?
Javobi.! Imomi A‘zam Abu Xanifa mazhabi.
9-savol Do‘stlaring kim?
Javobi.! Do‘stlarim choxor yorlar.
10-savol Ular kimlar?
Javobi.! Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar, Hazrati Alidir.
11-savol Qachondan beri musulmonsan?
Javobi.! Al-Misoqdan beri.
12-savol Al-Misoq nima?
Javobi.! Alloh taolo ruhimizni yaratib, ulardan va‘da olgan kun.
13-savol E‘tiqoding qaysi?
Javobi.! Ahli sunna va jamoat e‘tiqodi.
14-savol Kimni yaxshi ko‘rasan?
Javobi.! Alloh taoloni.
15-savol Undan keyinchi?
Javobi.! Payg‘ambarimiz Muhammad Alayhissalomni.
16-savol Undan keyinchi?
Javobi.! Ota-onamni.
17-savol Undan keyinchi?
Javobi.! Barcha mo‘minlarni.
18-savol Seni kim yaratgan?
Javobi.! Alloh taolo.
19-savol Nima uchun yaratgan?
Javobi.! O‘ziga ibodat qilish uchun.
20-savol Ibodat degani nima?
Javobi.! Ibodat Allohning aytganlarini qilish uchun.
21-savol Iymon kalimasini aytchi?
Javobi.! Laa ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh.
22-savol Ma‘nosi nima?
Javobi.! Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad alayhissalom uning elchisidir.