Get Mystery Box with random crypto!

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni koʻp savol | Islom degan qizlar

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni koʻp savol berishdan qaytargan ekanlar . Lekin chetdan kelgan so'rovchilarga albatta javob berar ekanlar , shu sababdan sahobalar kimdir kelsayu va savol bersa , biz ham shu ilmdan yana bahramand boʻlsak der ekanlar .

Navvos ibn Sam'on rodiyallohu anhu ham Rosulullohning bu odatlarini bilgan holda 1 yildan ziyod SHomdan Madinaga qatnab yurib ilm oʻrgangan ekanlar . Agar Madinaga hijrat qilib koʻchib kelsalar , Madinada yashovchi sahobalar qatori savol berishdan qaytarilishlarini bilib musofirlik qilib boʻlsada ilm olishga harakat qilgan ekanlar . Ularning maqsadi koʻproq savol berib ilmini ziyoda qilish boʻlgan ekan . Sahobalarning ilm yoʻlidagi jiddu jahdlariga oʻsha paytdagi qiyinchiliklar taʼsir qilmagan ekan va koʻproq ilm oʻrganish uchun shundayin ayyorona usullardan foydalangan ekanlar .