Get Mystery Box with random crypto!

Manbalarda Hakim Termiziyning yetmishta muhaddisa ayoldan sabo | Islom degan qizlar

Manbalarda Hakim Termiziyning yetmishta muhaddisa ayoldan saboq olgani zikr qilinadi. Ular hadislarni barcha qoidalariga rioya qilgan holda rivoyat qilganlar. U davrda har bir uy gulshan bólgan. U davrning qizlari ilm xizmatiga qattiq bel bogʻlaganlar.
Rivoyatlardan birida keltirilishicha Qurʼoni Karimning saqlanishida ushbu ummatning qizlari ham beqiyos hissa qoʻshganlar. Qurʼoni Karim nusxalarini koʻpaytirish, tarqatish uchun bosmaxonalar boʻlmagani sababli qizlar madrasalarni tugatganlaridan keyin , turmushga chiqqunlariga qadar, uy yumushlaridan forigʻ boʻlgandan soʻng, taxorat bilan joynamoz ustida oʻtirib, Alloh taoloning kalomi - Qur'oni Karimni husnixat ila yozishga kirishganlar. Har kuni oz-ozdan yozib, maʼlum muddatda uni tugatganlar. Qizlarning ota-onalari ular tomonidan yozilgan ushbu Qurʼonni olib, muqova qilib berganlar. Mana shu Qur'on nusxasi qizning sepiga qoʻshib berilgan. Qizlar oʻzlari bilan Qur'oni Karimning nusxasini olib ketganlar va farzandlarini ózlari koʻchirgan Qur'on bilan tarbiyalaganlar. Bir tomondan ular Qur'oni Karimning yozma nusxasini qoʻlga kiritgan boʻlsalar, boshqa tomondan Qur'oni Karimning nusxalari kundan-kunga koʻpayib ummat orasida yoyilishiga xizmat qilganlar.
İslom ummatining erkaklari Qur'onni asrab-avaylashda qanchalar xizmat qilgan boʻlsalar, ayollari ham shunchalar jon kuydirganlar . Ayollar din tashvishida sira erkaklardan qolishmaganlar.