Get Mystery Box with random crypto!

#ramazon Qur'oni karim shunday mo'jizaki, uning mo'jizalarini | Islom degan qizlar

#ramazon

Qur'oni karim shunday mo'jizaki, uning mo'jizalarini sanab, adog'iga yetolmaydi inson.
Har bir harfi tilovati uchun 10 ta hasanot yoziladigan, qabr azobidan saqlaydigan, qiyomat kuni boshingizga toj kiydiradigan, sizga jannat eshigini kaliti bo'la oladigan amaldir Qur'onni tilovat qilish.
Birgina sahifa o'qiganingiz uchun o'rta hisobda 5000 hasanot, 1 pora uchun 100 000 hasanot, to'liq hatm qilsangiz 3 mln hasanot yoziladi amal daftaringizga.
Bu sonlar yilning 12 oyi uchungina tegishli.
Ramazon oyida esa hasanotlar 70 barobarga ko'payadi.
Bu degani ramazondagi birgina xatmingiz uchun 210 mln hasanotga ega bo'lasiz, 2 marta hatm qilsangiz 420 mln, 3 marta uchun 840 mln.
Bunday imkon faqat musulmonlarga, faqat ramazon oyidagina beriladi.

Shunda ham boy berasizmi ?

Ummu Zaynab