Get Mystery Box with random crypto!

Begona ayol bilan namoz oʻqish @Islomda_Savol | 31-savol Ass | Islomdan Savollar 🌙

Begona ayol bilan namoz oʻqish

@Islomda_Savol | 31-savol

Assalomu alaykum! Ish joyimizda ibodatgoʻy burodarlarimiz bor Alhamdulillah shu bilan birga qizlar ham yoʻq emas. Savolim shundan iboratki har kuni bir bola va qiz yolgʻiz xonada jamoat boʻlib namoz oʻqishadi shu shariatimizda toʻgʻrimi yoʻqmi aytsangiz, doʻstimga men yoʻq men qarshiman deyman. U jamoat savobi katta deya u qiz bilan oʻqiydi. Qay birimizni fikrimiz maʼqul?

Javob:

– Va alaykum assalom! Ikki nomahram yolgʻiz qolishlari joiz emas. Hadisda: 
ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فلا يخلون بامرأة ليس معها ذو محرم منها، فإن ثالثهما الشيطان 
“Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa, begona ayol bilan uning mahramlarisiz holi qolmasin. Chunki ularning  uchinchisi shayton boʻladi” deganlar. 
Imom Ahmad rivoyati. Vallohu aʼlam!

Manba

Ulashing: @Islomda_Savol