Get Mystery Box with random crypto!

Namozni buzadigan amallar @Islomda_Savol | 29-savol Assalomu | Islomdan Savollar 🌙

Namozni buzadigan amallar

@Islomda_Savol | 29-savol

Assalomu alaykum! Men xufton namozini oʻqiyotganimda pashsha chaqyabdi. Oʻzimni ulardan ximoya qilish uchun xarakat qilsam boʻladimi? Uch marotabadan koʻp xarakat qilishga toʻgʻri kelayabdi namozim buziladimi?

Javob:

– Va alaykum assalom! Pashshani haydash bilan namoz buzilmaydi. “Kifoya” kitobida:
Koʻp amal qilish: ikki qoʻlga muhtoj boʻladigan yoki namozxon koʻp hisoblaydigan, yoxud nazar soluvchi “Buni qilayotgan odam namoz oʻqimayapti”, deb gumon qiladigan ish koʻp amaldir.
Namozning amallaridan boʻlmagan va namozni tuzatish uchun boʻlmagan koʻp amal namozni buzadi. Odatda ikki qoʻl bilan qilinadigan salla oʻrash, koʻylak kiyish, izor, shalvor kiyish, kamon otish kabi amallarni bir qoʻl bilan qilinsa ham namoz buziladi – deyilgan. Vallohu aʼlam!

Manba:

Ulashing: @Islomda_Savol