Get Mystery Box with random crypto!

Islom tarixi

Telegram kanalining logotibi islombilanbirgamiz — Islom tarixi I
Telegram kanalining logotibi islombilanbirgamiz — Islom tarixi
Kanal manzili: @islombilanbirgamiz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 882
Kanalning ta’rifi

Bu shonli tarixdir, hech bir tarix unga o'xshamaydi. Bu mag'lub etdik deb o'ylagan dushmanlarini dog'da qoldirib yangi shijoat, kuch-g'ayrat bilan yana oyoqqa turib olg'a intiladiganlarning tarixidir. Bu tarix shunisi bilan go'zaldir!

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-08 07:01:17 #Musulmon_hukmdorlar
Sayfiddin Qutuz (02.11.1221-24.10.1260) - mamluklarning Bahriylar sulolasidan bo'lgan Misr sultoni (12.11.1259-24.10.1260). Uning asl ismi Mahmud ibn Mamdud bo'lib, otasi ham, onasi ham anushteginiylar sulolasidan bo'lgan. Tog'asi Jaloliddin Manguberdining o'limidan so'ng uni Bag'dodga olib kelib qul qilib sotishgan. U keyinchalik bo'lajak Misr sultoni Oybekning mamluk qullari orasiga kelib qolgan. Sayfiddin Qutuz Yettinchi salib yurishi davrida nom qozonib, Oybekning e'tiboriga tushgan. Oybek sulton bo'lgach uni o'ziga noib qilib olgan. Sayfiddin Oybekning o'g'li Nuriddin Ali davrida ham sulton noibi bo'lib qolgan. Bag'dod xalifaligi mo'g'ullar tomonidan qulatilgach islom olami tahlika ostida qoldi. Mo'g'ullar o‘ziga qarshi chiqa oladigan barcha davlatlarni yakson qilgan, faqat Misrdagi mamluklar davlati qolgan bo'lib, u ham salibchilar bilan urushda edi. Mo'g'ullardan islom olamini himoya qilish va tog'asi Jaloliddin Manguberdining ishini nihoyasiga yetkazish uchun Qutuz hokimiyatni o'z qo'liga olishi kerak edi. Nuriddin Ali taxtdan tushirildi va 1259-yil 12-noyabrda Sayfiddin Qutuz Misr sultoni deb e’lon qilindi. U darhol salibchilar bilan sulh tuzdi va asosiy e'tiborini mo'g'ullar bilan jangga qaratdi. Shu maqsadda u qo'shinining asosiy qismini Shom tuproqlarida to'play boshladi. Va nihoyat o'sha kutilgan jang yuz berdi. 1260-yil 3-sentabrda tarixda burilish yasagan Ayn Jalut jangi bo'lib o'tdi. Misrliklar dastlab moʻgʻullar hujumiga qarshi tura olmadilar va qoʻshinlarining chap qanoti qattiq shikastlandi, soʻng Qutuz dubulgʻasini osmonga uloqtirib, „Ey Islom“ deb baqirdi va oʻzining zarar koʻrgan boʻlinmasi tomonga oʻtib hujumni davom ettirdi. Moʻgʻullar Qutuz qoʻshinining hujumidan ortga chekindi va qayta birlashib qarshi hujum qilishdi. Qutuz uch marta baland ovozda: „Ey Islom! Yo Alloh quling Qutuzga moʻgʻullar ustidan gʻalaba qozonishni nasib et“ deya hayqirdi. Moʻgʻullar Qutuz armiyasi tomonidan butkul magʻlub etildi va Shomga qochishdi. Qutuz askarlari oʻlja yigʻayotgan paytida yerni oʻpdi va namoz oʻqidi. Moʻgʻul qoʻshini qoʻmondoni Kitbuqa oʻldirildi va uning boshi Qohiraga yuborildi. Mamluk qo'shinlari Misrga qaytar ekan, qo'shinlar G'azo yaqinida qarorgoh qurishdi. Qutuzdan norozi bo'lgan bir guruh amirlar 1260-yil 24-oktabrda ov jaroyonida uni o'rab olib, o‘ldirishdi.

@Islombilanbirgamiz
267 viewsMuzaffar Ohunjonov, 04:01
Ochish/sharhlash
2022-07-08 05:01:59
Azizning xotini | Qur'onda zikri kelgan ayollar qissasi 14-qism

@Islombilanbirgamiz
102 viewsMuzaffar Ohunjonov, 02:01
Ochish/sharhlash
2022-07-07 21:04:58 Husayn Ibn Ali raziyallohu anhuning bolalari:

1. Zayn al-Obidin
2. Ali al-Akbar
3. Ali al-Askar
4. Ruqaiya binti Husayn
5. Fotima as-Sug'ro
6. Sakina binti Husayn
7. Howla binti Husayn


@Ibtido_tarix
110 viewsمُسُلْمانْ - تُركي اريف. 𐰢𐰆𐰽𐰃𐰞𐰢𐰣:𐱅𐰇𐰼𐰰, edited  18:04
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:02:29
Ertug'rul 21-qism

@Islombilanbirgamiz
114 viewsMuzaffar Ohunjonov, 08:02
Ochish/sharhlash