Get Mystery Box with random crypto!

© O'zbekiston/Islom Karimov|RASMIY

Telegram kanalining logotibi islom_karimov_uzbekistan_rasmiy — © O'zbekiston/Islom Karimov|RASMIY
Telegram kanalining logotibi islom_karimov_uzbekistan_rasmiy — © O'zbekiston/Islom Karimov|RASMIY
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.03K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov haqida xotira kanali
@reklama_I_A_K
Instagram sahifamiz👇
https://www.instagram.com/birinchi_prezidentimiz
Murojaat markazi👉 @Sodiqov_Jamshidbek
@Asliddinovna9492 @MuSoMus_NG

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-06 20:22:02
Ўзбекистонга снарядни ким отди? Сўнгги тафсилотлар.

BBC News O'zbek

@Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
1.0K views17:22
Ochish/sharhlash
2022-07-06 18:30:42
Бугун Нукус шаҳрида бўлдик.

Бир қанча объектларга бордик, оммавий тартибсизликлар бўлган майдонларни кўздан кечирдик. Қорақалпоғистон Республикаси комендатураси томонидан ўша кунги воқеалар ҳамда ҳозирги ҳолат ҳақида батафсил маълумот берилди.

Энг муҳими ва асосийси ҳозирда Қорақалпоғистонда тинчлик ва осойишталик ҳукм сурмоқда. Кўчаларда одатий ҳаёт тарзи тикланган, мактаб ва боғчалар, ижтимоий объектлар ишлаб турибди. Бозорларда одамлар гавжум.

Мард ва донишманд қорақалпоқ қадрдонларимиз вазиятни тўғри тушунган ҳолда, провокацияларга учмасдан, оммани тўғри йўлдан уришга уринаётган айрим ғараз ниятли шахсларнинг гапига кирмасдан ўз вақтида тартибсизликларни тўхтатишган.

Илоҳим, Ватанимизда бу каби кўнгилсиз ҳолатлар бошқа такрорланмасин. Ўзбекистон тинчлигини ва ҳудудий яхлитлигини бузмоқчи бўлаётган жиноятчиларнинг юзи тескари бўлсин, қонунда белгиланган жазосини олишсин.

Орқада ҳилпираб турган иккала байроқ ва мусаффо осмонимиз дунё тургунча мана шундай ҳолатда бўлсин, илоҳим.

Blogger-Xushnudbek.
1.1K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:16:02
Алишер Усмонов энди Ўзбекистонга икки карра кўпроқ сармоя киритади — Форбес

Форбес нашри миллиардернинг асосий эътиборини Ўзбекистонга қаратаётганлиги ва мамлакатга киритаётган сармоялар ҳиссасини икки карра оширгани ҳақида ёзган.

“Ҳозирда Ўзбекистон иқтисодиёти йилига 7% га ўсмоқда, у ҳозиргача Марказий Осиёдаги энг кўп аҳолига эга ва ёш, ўсиб бораётган аҳолига эга мамлакатдир ҳамда бошқа чегара бозорларидан фарқли ўлароқ, иқтисодиёти яхши диверсификацияланган”, — деган ҳозирда Ўзбекистонда жойлашган Блуестоне кичкик инвестицион банки ҳамкори Куинн Мартин.

Мартиннинг фикрига кўра, ҳукумат ақлли, Ғарбда таълим олган „вакиллар“ билан тўла, улар ҳамма нарсани кескин тезликда ислоҳ қилмоқда.

Миллиардер ҳаммани Ўзбекистонга сармоя киритишга чорлаган. У акциядор бўлган компаниялар бу ерда металлургия, цемент ишлаб чиқариш ва телекоммуникация соҳаларига сармоя киритишни бошлаган.

@Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
1.1K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:05:35
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlarini e’lon qildi.

@Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
1.6K views11:05
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:14:49 Toshkentga uchib kelganimda hech narsaning iloji qolmagandi, vaziyat aslida boshidan shunday bo‘lgan bo‘lsa kerak. Bu kutilmaganda yuz bergan dard va uning qanday yakunlanishi ma’lum edi”.
Islom Karimovning betobligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016 yilning 28 avgust kuni ilk rasmiy axborotni e’lon qilgan edi. 
Bu orada mamlakatda va xorijda Islom Karimovning vafot etgani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Ammo Hukumat ham, Prezident devoni ham, mamlakatning xorijdagi elchixonalari ham 2 sentyabr oqshomiga qadar bu ma’lumotni tasdiqlagani yo‘q. 28 avgust kunidan boshlab turli xorijiy internet nashrlarda Karimovning vafoti e’lon qilina boshladi. Hali Vazirlar Mahkamasining Islom Karimovning vafoti haqidagi rasmiy xabari e’lon qilinmay turib, Turkiya Respublikasining o‘sha vaqtdagi Bosh vaziri Binali Yildirim OAV orqali Islom Karimovning vafot etganini ma’lum qilib, O‘zbekiston xalqiga ta’ziya bildirgan edi.

@Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
1.2K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:14:03 Tarixiy faktlar Karimovning 2 sentyabrda emas, 28 avgust kuni vafot etganini tasdiqlamoqda


O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etgani xabar qilingan. U 3 sentyabr kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand zaminiga dafn etilgan edi. 
Marhum Karimovning vafot etgani 2 sentyabr kuni e’lon qilinganiga qaramay, tarixiy hujjatlar va uni davolash jarayonida ishtirok etgan shifokorlar sobiq davlat rahbari aslida 28 avgust kuni olamdan ko‘z yumganini tasdiqlaydi. 

QALAMPIR.UZ’ning o‘rganishlari shuni ko‘rsatmoqdaki, Bemor Islom Karimov, 78 yoshda, 27 avgust kuni ertalab soat 09.00 da hushsiz holatda zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining Markaziy klinik shifoxonasiga olib kelinadi. 

O‘tkazilgan tekshiruvlar, jumladan, bosh miya kompyuter tomografiyasi bemorda bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi subaraxnoidal qon quyilish asorati bilan (insult) aniqlangan. Arterial qon bosimi 250/120 mm. simob ustuniga teng. Bemorda yurak faoliyatining to‘xtashi kuzatilgan. 20 daqiqa davomida olib borilgan reanimasion muolajalar natijasida yurak faoliyatini tiklashga erishilgan. Bemor miya o‘zagi faoliyati buzilishi oqibatida atonik koma holatiga tushdi va sun’iy nafas olish apparatiga o‘tkazildi. 
27 avgustdan 28 avgustga o‘tar kechasi bemor yetakchi xorijiy klinikalarining neyroxirurglari, kardiolog va reanimatologlari – A.N.Bakulev nomidagi Yurak-tomir xirurgiyasi ilmiy markazi direktori, akademik L.Bokeriya, N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya ilmiy markazi direktori, akademik A.A.Potapov (Rossiya), Gannover xalqaro neyroxirurgiya institutining vise-prezidenti va ijrochi direktori, professor Amir Sami (Germaniya), Kardiotorakal markaz direktori, professor Jilli Dreyfus (Monako), Xeydelberg universiteti klinikasining kardiologiya bo‘limi rahbari, professor Xyugo Katus (Germaniya), Xelsinki universiteti Markaziy gospitalining neyroxirurgiya bo‘limi professori Yuka Xernisniyemi (Finlyandiya) tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 

“O‘zbekiston mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan konsilium natijasida keyingi davolash rejasi belgilab olindi”, deyilgan edi o‘sha vaqtda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tarqatilgan axborotda.
Bemorning nevrologik holati avval boshdan atonik koma sifatida qayd etilgan. Nevrologik statusda diffuz mushak atoniyasi, arefleksiya kuzatilgan. Bemorga uch marotaba dinamik elektroensefalografik tekshiruv o‘tkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlangan. 
O‘tkazilgan intensiv terapiya jarayonida bemorning ichki a’zolari (qon tomir, nafas olish, qon ivish tizimlari, buyrak va jigar) faoliyatining asta-sekin buzilishi – poliorgan yetishmovchiligi kuzatilgan. 
“Yuqorida qayd etilgan to‘liq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va intensiv terapiya chora-tadbirlari o‘tkazilganiga qaramasdan 2016 yil 2 sentyabr kuni soat 20:15 da yurak faoliyati to‘xtagan. 
Amalga oshirilgan intensiv reanimasiya tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20:55 da biologik o‘lim holati qayd etildi”, deyilgan rasmiy axborotda.
Qayd etilganidek, mazkur jarayonlarda A.N.Bakulev nomidagi Yurak-tomir xirurgiyasi ilmiy markazi direktori, akademik Leo Bokeriya ham qatnashgan. 27 avgustdan 28 avgustga o‘tar kechasi maxsus reys bilan O‘zbekistonga kelgan Leo Bokeriya Toshkentga kelganida Karimovni saqlab qolishning imkoni qolmagani va vaziyatdan avval boshidanoq shunday bo‘lganini qayd etgan. U intervyularidan birida shunday degan:
“...menga kutilmaganda qo‘ng‘iroq qilib, Islom Karimov bilan yuz bergan holat haqida xabar berishdi. Bu musaffo osmon uzra gumburlagan momaqaldiroqdek edi. 

@Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
1.2K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:11:02
Mendek odamni o‘zgartirib bo‘lmaydi....


@Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
1.4K views06:11
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:09:02
Sizni hali ko‘p sog‘inamiz...


@Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
1.7K views04:09
Ochish/sharhlash
2022-07-06 04:39:39
Ассаламу алайкум янги кун муборак бўлсин.

Бугун 6 Июль Чоршанба куни.

Аллоҳ сизга ниятларингиз ижобат бўладиган қувончли, файзли, омадли
кун ато этсин!!!


Каналга обуна бўлинг
@Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy

instagramdagi sahifamiz
https://www.instagram.com/birinchi_prezidentimiz
1.2K views01:39
Ochish/sharhlash
2022-07-05 19:34:16 #Диққат #Тезкор
Ҳозирда Ўзбекистоннинг ваколатли органлари Афғонистон томони билан биргаликда ушбу ҳодиса сабабларини аниқлаш бўйича зарур чора-тадбирларни амалга оширмоқда — Ўзбекистон ТИВ.

@Islom_Karimov_Uzbekistan_rasmiy
1.2K views16:34
Ochish/sharhlash