Get Mystery Box with random crypto!

Islom ilm dinidir 🌙

Telegram kanalining logotibi islom_ilm_dinidir — Islom ilm dinidir 🌙 I
Telegram kanalining logotibi islom_ilm_dinidir — Islom ilm dinidir 🌙
Kanal manzili: @islom_ilm_dinidir
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.00K
Kanalning ta’rifi

🌙

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-09-04 04:01:19
Imom Zahabiy rohimahulloh aytadi: Fitnalar yuz bergan payt:
• Sunnatni mahkam ushla;
• Sukutni lozim tut;
• Oʻzinga befoyda boʻlgan narsaga kirishma;
• Senga qorongʻu boʻlgan narsani Alloh va Rasuliga qaytarib qoʻy;
• Toʻxta! Va: "Alloh bilguvchiroq"dir, ― deb ayt!

@Islom_ilm_dinidir
3.3K views01:01
Ochish/sharhlash
2022-09-03 20:30:14
Oʻzbek ismlarning toliq batafsil maʼnosi, kelib chiqishi, shakllari. Oʻzingiz va yaqinlaringizni ismlari maʼnolarni bilib oling.

Qo'shimcha Ismingizga Chiroyli niklar ham yasab Do'stlaringizni hayratda
qoldiring

@IsmlarningManosiRobot

Hoziroq kirib oling keyin bunaqa botni topa olmay qolasiz
1.3K views17:30
Ochish/sharhlash
2022-09-03 15:19:27 Ibn Qoyyim rohimahulloh aytadilar:

"Agar ilmga surat berilganida edi, quyosh va oyning suratidan ham chiroyliroq boʻlar edi".

@Islom_ilm_dinidir
3.1K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-09-03 10:38:14 Ваҳиманинг ўзи ярим касалликдир.
Хотиржамлик ярим соғликдир.
Сабр эса шифонинг бошланишидир.

Ибн Сино

@Islom_ilm_dinidir
1.2K views07:38
Ochish/sharhlash
2022-09-03 03:30:54 Абдуллоҳ ибн Ғанном розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ким тонг отганида:

اللهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَ شَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ

«Аллоҳумма маа асбаҳа бий мин ниъматин фаминка ваҳдака лаа шарийка лак, фалакал ҳамду ва лакаш шукр», деса, кундузнинг шукрини адо қилибди. Ким шу дуони кеч кирганида айтса, кечанинг шукрини адо этибди», дедилар.
(Маъноси: “Аллоҳим, мен билан тонг оттирган неъматлар Сен томондандир. Сен яккаю ёлғиздирсан, Сенинг шеригинг йўқ. Сенга ҳамд ва шукрлар бўлсин”).

Абу Довуд ривоятлари.
@Islom_ilm_dinidir
2.5K views00:30
Ochish/sharhlash
2022-09-02 16:39:18 Zinoni belgilari va amallari

Muftiy Nuriddin domla

@Islom_ilm_dinidir
3.7K views13:39
Ochish/sharhlash
2022-09-02 09:49:08 ​​Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishning 40 foydasi:

1. Allohning amriga boʻysungan boʻlasiz.
2. Nabiy alayhissalomga Alloh bilan bir xil salavot aytgan boʻlasiz.
3. Farishtalar bilan bir xil salavot aytgan boʻlasiz.
4. Bir salavot evaziga Allohdan oʻnta salavot olasiz.
5. Oʻn darajaga koʻtarilasiz.
6. Oʻnta hasanot olasiz.
7. Oʻnta yomonligingiz oʻchiriladi.
8. Duolaringiz ijobat boʻladi.
9. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf boʻlasiz.
10. Gunohlaringiz magʻfirat qilinadi.
11. Eng muhim ishlarda Alloh taoloning Oʻzi kifoya qiladi.
12. Qiyomat kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yaqin boʻlasiz.
13. Tang ahvolda qolgan boʻlsangiz, salavotingiz sadaqaning oʻrniga oʻtadi.
14. Hojatlaringiz baroridan keladi.
15. Alloh va farishtalarning salavotiga musharraf boʻlasiz.
16. Poklanib, musaffo boʻlasiz.
17. Oʻlim oldidan jannat bashoratiga sazovor boʻlasiz.
18. Qiyomat kunidagi qoʻrqinchdan qutulasiz.
19. Unutgan narsangiz yodingizga tushadi.
20. Salavotingizga Nabiy sollallohu alayhi vasallam javob qaytaradilar.
21. Majlislaringiz xayrli boʻladi.
22. Kambagʻallikdan qutulasiz.
23. Baxillikdan qutulasiz.
24. Duoibaddan omonda boʻlasiz.
25. Salavot sizni jannat yoʻliga olib boradi.
26. Alloh va Uning Rasuli zikr qilinmaydigan yomon majlisdan omon boʻlasiz.
27. Xutba va boshqa soʻzlaringiz mukammal boʻladi.
28. Sirot koʻprigida nurga musharraf boʻlasiz.
29. Jafodan qutulasiz.
30. Osmonlaru yer ahli orasida Allohning chiroyli maqtoviga sazovor boʻlasiz.
31. Barakot sohibi boʻlasiz.
32. Allohning rahmatiga musharraf boʻlasiz.
33. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muhabbatlariga sazovor boʻlasiz.
34. Nabiy alayhissalomga suyukli boʻlasiz.
35. Salavot sizni hidoyatga eltib, qalbingizni jonlantiradi.
36. Ismingiz Nabiy sollallohu alayhi vasallamga koʻrsatiladi.
37. Sirot koʻprigida sobitqadam boʻlasiz.
38. Nabiy alayhissalomning haqlarini ado qilgan boʻlasiz.
39. Allohni zikr va shukr qilgan boʻlasiz.
40. Salavot duodir, yaʼni Allohdan habibiga maqtov soʻrash yoki banda hojatlarini soʻrashidir
.

@Islom_ilm_dinidir
2.0K views06:49
Ochish/sharhlash
2022-09-01 21:05:36
Jum'aning xayri va barokati sizga bo‘lsin!

Allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadinin-nabiyyil-ummiyyi va ‘ala alihi va sahbihi va sallim!

@Islom_ilm_dinidir
2.2K views18:05
Ochish/sharhlash
2022-09-01 20:43:54
Duo yodlashni yaxshi ko‘rasizmi?

Unda bizning @Sahih_duolar kanalimizga obuna bo‘ling! Duolarni kunda tashlab boramiz!

Obuna bo‘ling:
@Sahih_duolar_kanali
1.9K views17:43
Ochish/sharhlash
2022-09-01 19:31:49 Imom Zahabiy rahimahulloh dedi: “Ayol uchun rioya etishi vojib amallar:
Eridan hamisha hayo, andishada turishi.
Uning oldida koʻzini yerga tikishi.
Amrlariga itoat etishi.
Soʻzlaganda sukut saqlashi.
Kelgan vaqtda oʻrnidan turib qarshilashi.
Gʻazabini keltiradigan narsalardan uzoq boʻlishi.
Uydan chiqayotganda u bilan birga eshikka kuzatib chiqishi.
Uyqu orom vaqtida oʻzini (mehri muhabbati, eʼtiborini) koʻrsatishi.
Eri yoʻq vaqtida uning mol-mulkida, uyida va toʻshagida xiyonat qilmasligi.
Xushboʻy boʻlishi.
Ogʻzini misvok bilan, jismini mushku anbar va xushboʻyliklar bilan parvarish qilishi.
Uning oldida ziynatlanib, bezanib yurishi.
Uni ortidan gʻiybat qilmasligi.
  Erining oilasi va qarindoshlarini izzat- ikrom qilish.
Uni (topgan tutganini) kam boʻlsada, koʻp oʻrnida koʻrishi."

“Kaboir” kitobidan.

Savob umidida barcha yaqinlaringizga ham ulashing!

@Islom_ilm_dinidir
2.6K viewsedited  16:31
Ochish/sharhlash