Get Mystery Box with random crypto!

#Namoz_odoblari Namozning quyidagi odoblariga rioya qilish bi | Islom ilm dinidir 🌙

#Namoz_odoblari

Namozning quyidagi odoblariga rioya qilish bilan namoz mukammal bo‘ladi:

1. Qiyomda sajda o‘rniga qarab turish.
2. Ruku‘da ikki qadam (oyoq) ustiga qarash.
3. Qa‘dada bag‘rga tikilib turish.
4. Salom berayotganda yelkaga qarash.
5. Sajdada burunning ikki yoniga qarab turish.
6. Esnoqni imkon qadar qaytarish. Agar esnash ustun kelsa, o'ng kaft orqasi bilan og‘izni berkitish lozim.
7. Namozda qalbning huzur-halovati va a‘zolarning taskin topishi bilan imkon qadar xushu‘ni asrash. Buning uchun na dinga va na oxiratga foydasi bo'lmagan, bexuda narsalardan uzoq bo‘lish lozim.
8. Ibodatda eng go‘zal kiyimlarni kiyib turish


@Islom_ilm_dinidir