Get Mystery Box with random crypto!

#muhim Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlar avtomatlasht | Islohot.uz | Расмий Канал

#muhim

Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlar avtomatlashtirilgan tizim orqali olinishi nima beradi?

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev imtihonlarni xususiy maktablar olish tizimining nima uchun kerakligi haqida fikr bildirdi.

“Agar haydovchilik imtihonlari shaffof va korrupsiyadan xoli bo‘lsa, ya'ni pul yoki tanish-bilish orqali “prava” olishni imkoni bo‘lmasa, avtomaktablar bozori sifat bosqichiga chiqadi. Endi avtomaktablar qanchalik “reshala” ekanligi bilan emas, balki o‘quvchilarini qanchalik yaxshi o‘qitib, imtihondan o‘tkazayotgani bilan maqtanishni boshlaydilar. Bu esa o‘z-o‘zidan yo‘llarda malakali va madaniyatli haydovchilar soni ko‘payishiga olib keladi.

Ushbu tizim haqiqatda yaxshi ishlashi uchun, imtihon oladigan xususiy markazlarga litsenziya berish masalasi ham jiddiy nazorat qilinishi kerak. Agar sohada tajribasi yoki yetarli texnologiyasi bo‘lmagan duch kelgan odam imtihon markazi ochib ketaversa, unda Ali Xo‘ja, Xo‘ja Ali bo‘ladi, hech narsa o‘zgarmaydi. Ayni mana shu masalada Hukumat qat'iy pozitsiya ko‘rsatishi kerak. Yo‘qsa, barchasi befoyda bo‘ladi, xuddi xususiy "texosmotr" tizimi kabi”, – deya yozdi Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram'dagi kanalida.

Haydovchilar uchun kanal!