Get Mystery Box with random crypto!

Kechir bizni Robbim… Bandalaringga bashar nigohi bilan qarab, | 𝓜𝓾𝓼𝓸𝔂𝓪𝓪🕊️

Kechir bizni Robbim…

Bandalaringga bashar nigohi bilan qarab, insoniy hukmlar bilan baho berishni to’xtata olmadik…
Qonimizda aylanib yurib, bizga vasvasalar berayotgan shaytonga qarshi chiqishga kuchimiz yetmadi…
“Arabning ajamdan ustunligi yo’q, ajamning arabdan ustunligi yo’q! Ustunlik faqat taqvo bilan!“ hadisini unuttik…
Qiziq…Har bir insonga Sening nazaring bilan qarashga harakat qilsak, ularni qanday ko’rardik?

Kechir Robbim…
ba’zilarni ko’zi g’ilay dedik, vaqt o’tib o’z ko’zimizga nimadir bo’ldi-yu, yaxshi ko’rmay qoldi…
Ba’zilarni “odam bo’lmaydi” dedik, vaqt o’tib o’z jigarimiz bilan badalini to’ladik…
“Uni o’rnida bo’lsam men bunday qilmasdim” dedik, vaqt o’tib o’zimiz hatto battarini qilishga majbur bo’lib qoldik…
“Bo’lishi mumkin emas” dedik, vaqt o’tib bo’lishi mumkinligini ham ko’rdik…
Aybladik, vaqt o’tib bizni ham ayblashdi…
Tushunmadik, vaqt o’tib bizni ham tushunishmadi…

Kechir Robbim…
Adl sifatingni unuttik…
Sen bandalaring qanday bo’lmasin ularni cheksiz sevishingni unuttik…

@Islamiyyadunyaa