Get Mystery Box with random crypto!

Sen ayni vaqtingdasan...! Sen kechikkaning yoʻq. Ayni munos | 𝓜𝓾𝓼𝓸𝔂𝓪𝓪🕊️

Sen ayni vaqtingdasan...!

Sen kechikkaning yoʻq. Ayni munosib vaqtdasan.
Bir yigit boʻydoq edi. 20 yoshda uylandi. 10 yildan soʻng farzand koʻrdi.
Boshqa bir yigit 30 yoshda uylandi. 1 yildan soʻng farzand koʻrdi.
Bir qiz 22 yoshida turmushga chiqdi. Eri uni baxtsiz qildi.
Boshqa bir qiz yoshi oʻtib 33 yoshida turmushga chiqdi. Eri uni saodatli qildi.
Bir yigit 22 yoshida universitetni bitirdi. Ammo 5 yildan soʻng ish topdi.
Boshqa bir yigit 27 yoshida bitirdi. Ammo bitirishi bilan oʻzi xohlagan ishga joylashdi.
Bir yigit 25 yoshida shirkat mudiri boʻldi. 45 yoshida vafot etdi.
Boshqa birov 50 yoshida mudir boʻlib 90 yoshida vafot etdi.
Oʻz vaqtingni qadriga yet. Baʼzan boshqalar sendan oʻzib ketgandek yoki ortda qolib ketgandek tuyuladi. Bilginki, sen hech kimdan oldin emassan. Bir vaqtning oʻzida hech kimdan ortda emassan. Sen Alloh sen uchun belgilagan vaqtda amal qilayapsan. Bemalol va xotirjam yasha.
Zamon Allohning qoʻlidagi vasiladir. Uni oʻzi xohlaganidek yurgʻizadi. Senga Oʻzi xohlagan narsani vaqti yetganida ato qiladi. Uning huzurida hamma narsa oʻlchoqlik...

@Islamiyyadunyaa