Get Mystery Box with random crypto!

Rasululloh ﷺ ning sahobalari vafot etib ketgach, Islom ahli e' | Islamich World ☝️

Rasululloh ﷺ ning sahobalari vafot etib ketgach, Islom ahli e'tiqodida 73 firqa (mazhab) yuzaga keldi. Ammo mashhurlari uchtadir: Ahli sunna val jamoa firqasi, Shia firqasi, Mo'tazila firqasi. Ushbu 3 firqaning eng to'g'ri yo'ldagisi Ahli sunna val jamoaning e'tiqodidir. Biz ahli sunna val jamoa mazhabidanmiz. Ahli sunna val jamoa mazhabidagilar "Sunniylar" deb nomlanadi. Ular Payg'ambarimiz Muhammad ﷺ va u kishining sahobalari qanday yo'l tutgan bo'lsa, din va shariat hukmlariga qay tariqa e'tiqod qo'ygan bo'lsa, ahli sunna val jamoa ham shu yo'ldan boradi.

Ibodati Islomiya

Izoh: "Ahli sunna val jamoa" firqasi 4 mazhabdan tashkil topgan: Xanafiy, Shofeʼiy, Molikiy va Xanbaliy. Ushbu mazhablarning to'rtalasi ham to'g'ridir.

@islamich_world