Get Mystery Box with random crypto!

Besh kichik hikoya. Ihlos.... Qishloq ahli yomg‘ir so‘rab | Islamic⏳

Besh kichik hikoya.

Ihlos....
Qishloq ahli yomg‘ir so‘rab duo qilish uchun
masjidga chiqdilar. Faqat bir bolakay shamsiya (soyabon) ko‘tarib olgan edi.

Ishonch....
Go‘dakni osmonga otganingizda quvonchdan qiyqirib kuladi. Chunki tutib olishingizni biladi.

Umid....
Ertaga uyg‘onish - uyg‘onmasligimizni
bilmaymizu, bomdodga turish uchun uyg‘otgichni to‘g‘rilab qo‘yamiz.

Tavakkul...
Bir soniyadan keyin nima bo‘lishini bilmaymiz, lekin kelajak uchun katta-katta rejalar tuzamiz.

Qat'iyat...
Hech kimning oilaviy hayoti silliq kechmasligini bilamiz. O‘zimizda ham shunday muammolar uchrashi ehtimoli yuqoriligini ham bilamiz. Lekin baribir oila quramiz!...