Get Mystery Box with random crypto!

Mehr... - “Kun boʻyi roʻzador holida qurilishda, oftob tigʻid | 🕋 Islam | Duniyayim 🕌

Mehr...

- “Kun boʻyi roʻzador holida qurilishda, oftob tigʻida ishladi, juda ochiqqandir”, oʻyladi ayol eriga zimdan qarab.  “Yaxshisi, boya yeb olgandim, qornim toʻq deb aytaman”.

- “Homilador ahvolida tuzuk-quruq yedira olmayapman”, oʻyladi erkak ayoliga gunohkorona boqib. “Ikki kishi uchun yeyishi kerak. Yaxshisi... doʻstimnikida iftorlik qilib keldim, deyman”.

Doʻppidekkina palov eru xotin oʻrtasida xokisor turardi...


@Islam_Duniyayim