Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda pora olgan, bergan, vositachilik qilgan 20 yilga | Ishtixon | rasmiy

O‘zbekistonda pora olgan, bergan, vositachilik qilgan 20 yilgacha qamalishi mumkin

Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi qonun Senat tomonidan ma’qullandi.

Unga ko‘ra:
hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda) hamda hokimiyat harakatsizligi (208-modda) jinoyatlari g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha qamoq;

Pora olganlik (210-modda), pora berganlik (211-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilganlik (212-modda) uchun 20 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi, korrupsiyaga oid og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish qo‘llanilmasligi belgilanmoqda.

Qo’shiling
https://t.me/+0G-LRXiptdgyMTEy