Get Mystery Box with random crypto!

Meni sevolmasang senga ginam yo'q, Mensiz bahtli bo'lsang men | ISHQ QASRIMIZ

Meni sevolmasang senga ginam yo'q,
Mensiz bahtli bo'lsang meni ko'nglim to'q,
Faqat yuragimni kuydirar bir cho'g,
Nechun indamading? nechun aytmading?

Mayus nigohingda mano bormidi?
Yuraging o'zga bir yorga
zormidi?
U ham visolingdan umidvormidi?
Nechun indamading? Nechun aytmading?

Bugun ko'zlarimga tor bo'ldi dunyo,
Yo'qoldi dilimni yoritgan ziyo,
Uni mendan ortiq sevganmiding yo,
Nechun indamading? Nechun aytmading?

Achchiq qismatmi bu alamli taqdir,
Meni sendan o'zga quvonchim yo'qdir.
Seni jondan o'rtiq sevgandim
ahir,
Nechun indamading?
Nechun aytmading?

Ko'nglimda yig'lasa bahorim kuzim,
Seni gunohing yo'q gunohkor o'zim.
Ko'z ochib ko'rganim ko'r ekan ko'zim,
Nechun indamading? Nechun aytmading.

  ♡ ㅤ    ❍ㅤ     ⎙ㅤ     ⌲
   ˡᶦᵏᵉ   ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ   ˢᵃᵛᵉ      ˢʰᵃʳᵉ
Kanal: ISHQ QASRIMIZ