2023-03-23 01:34:28
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin
uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin
Arazlashgan bir-birini kechirsin
Alloh olov kamzullarni yechirsin
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada,
adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas
qabrda
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Ro‘zamizni Alloh uchun tutaylik,
Bu dunyodan Iymon bilan
ketaylik,
Mangu xuzur-xalovatga yetaylik,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak!.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Tik-Tok | OK
Facebook
1 view22:34