Get Mystery Box with random crypto!

​​Tayyor bo’lishdan avval boshla Sen ham bir nimalarni boshl | .

​​Tayyor bo’lishdan avval boshla


Sen ham bir nimalarni boshlamoqchi bo’lib yurasanmi doim? Masalan keyingi dushanbadan albatta shu ish(kursga yozilish, trenirovka, til o’rganish, biznes boshlash, ishga kirish)ni boshlayman deb va’da berasanmi o’zingga o’zing? Lekin negadur o’zingni doim tayyor emasdek his qilasan, shundaymi?

Bir sirni ochib qo’yay, buni hamma his qiladi! Eng professional boshlovchi, sotuvchi, tadbirkor, dasturchi ham ba’zida biror ishni boshlashdan oldin o’zini tayyor emasdek his qiladi.

Mana o’zim ham bitta postni yozishdan avval ba’zida 1-2 soatlab o’ylab qolaman. Sen tayyor bo’lishiningni kutar ekansan, hech qachon boshlay olmaysan! Xo’sh unda nima qilish kerak? Tayyor bo’lmasdan turib boshlayverish kerak.

Multimilliarder Richard Brenson o’zining birinchi kompaniyasini aeroport terminalida boshlagan. Ya’ni o’zi uchishi kerak bo’lgan reys bekor qilingach o’sha joyning o’zida chiptalarni printerda chop ettirib odamlarga 29$ dan sotgan. Tushgan puldan esa shu kechaning o’zida 1 ta charter reysni sotib olib parvozlarni boshlab yuborgan.

Bunday misollarni men yana Ilon Musk, Stiv Jobs, Mark Sukerberg biografiyalarida ham kuzatdim. Ular tayyor bo’lishni kutib o’tirishmagan ekan. Juda ko’p g’oyalarni xom xolida boshlab yuborib keyin pishitishgan ekan.

Men hayotimda bunday ishni ikki marta qilganman:
1. O’zim ingliz tilida Intermediate bo’la turib dars berishni boshlaganman va 1 dona o’quvchim 2ta bo’lganda o’quv markazi (1ta xonali) ochganman. Mana shu hozir mening asosiy ish faoliyatim bo’lib qolmoqda.

2. Blog nima, qanday yuritiladi, qanday odam ko’paytiriladi tushunib o’tirmasdan boshlab yuborganman, boshida nima yozishni bilmay faqat o’qigan kitoblarimdan parchalar qo’yardim.

Agar bu haqida yoshroq paytimda bilganimda juda ko’p ishlarni tayyor bo’lmay boshlab yuborgan bo’lardim.

Xullas. Tayyor bo’lishingni kutma. Hali beri bo’lmaysan. Kichik qadamlar bilan boshlayver jarayon o’zi o’rgatib yuboradi.
-2 oy dasturchilikni o’rgandingmi - ishga kirishga harakat qilib ko’r.
-zo’r imkoniyat yoki taklif kelib qoldimi – qabul qil, yo’l-yo’lakay tayyorlanaverasan.
-ko’pchilik oldida gapirish kerakmi – chiqib gapiraver, hayajon hammada bo’ladi!
-til kurslariga boryapsanmi – 1-haftadan keyin gapirishni boshlayver, xatolaring odamlarga qiziq emas.