Get Mystery Box with random crypto!

​​Kompaniyamizga (Dinay) bir yigit bundan taxminan 1 yil ilgar | ISH BOR

​​Kompaniyamizga (Dinay) bir yigit bundan taxminan 1 yil ilgari savdo hodimiga yordamchi bo'lib ishga kirdi. Biz bunday hodimlarni Jumper deb ataymiz ya'ni bunday hodim 5 ta savdo hodimi bilan birga yurib, ish o'rganadi. 3 oy sinov muddatiga 1 800.000 so'm oylikka rozi bo'lib kelgan bu yigit 3 kun o'tib savdo hodimiga aylandi va birinchi oyning o'zida bonuslar bilan hisoblaganda 4 000 000 million dan oshiq oylik oldi.

Bir necha oydan kegin u optom magazinlar bilan ishlaydigan savdo hodimiga aylandi. Bu oddiy savdo hodimidan yuqoriroq lavozimdir. Bugungi kunga kelib shu yigit TSM ya'ni Territorial Sales Manager lavozimida ish olib boradi va uning qo'l ostida 6 ta savdo hodimi ishlaydi. Oylik maoshi esa ko'rsatilgan natijaga qarab ishga kirayotganda rozi bo'lib kelgan oyligidan 6-10 barobar yahshiroq bo'ladi.

Qanday qilib bunday qisqa muddatda buncha yo'lni bosib o'tish mumkin?
Quyida shu yigitda ko'rgan sifatlarim bilan o'rtoqlashaman:
- Tirishqoqlik. Bir narsani bilmasa o'rganishdan hech qachon qo'rqmaydi. Aksincha bilmaganini o'rganishga intiladi.
- Mehnatsevarlik. Shu paytgacha aytilgam bironta vazifaga yo'q demagan. Qo'lidan kelmasa ham urinib ko'radi. ( Bir sirni aytaman, ishdan qochmaydigan hodim hamma yerda qadr topadi )
- Sadoqat.
Ishlab turgan kompaniyasiga va sotayotgan mahsulotiga sadoqatli
- Hushmuomala.
Hohlaymizmi yo'qmi bizga hushmuomala insonlar qo'rs insonlardan ko'ra ko'proq yoqishadi.

Shunday sifatlarga ega insonlar istalgan yerda qadr topishlariga va karierada tez o'sishlariga ishonaman.
Buning uchun diplom va sertifikatlar shart emas. Har holda Ricomel Kompaniyasi da

Murojat uchun:
+998935472544
+998910012444
@MadinaBaxtiyarovna99