Get Mystery Box with random crypto!

1-apreldan bahorgi mavsum uchun qabul qilingan talabalarning i | Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti

1-apreldan bahorgi mavsum uchun qabul qilingan talabalarning ilk dars kuni

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida bahorgi mavsum uchun mo'ljallangan qabul 25-martda o'z yakuniga yetgan edi. Ushbu qabulda institutimizga o'qishga kirgan talabalarimiz uchun ilk dars 1-aprel kuni bo'lib o'tadi.

Qabul qilingan kunduzgi va kechki ta'lim shakli talabalari uchun soat 10:00da, sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun esa 12:00da institutimizning faollar zalida ilk tanishuv kuni bo'lib o'tadi.

Unda talabalarimiz institutga oid barcha savollarga javoblar, mas'ul rahbarlar, dars jadvallari va guruhlarini aniqlashtirib olishlari mumkin bo'ladi.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shivli 2-tor ko‘chasi, 1,3 uy
Mo'ljal: Bodomzor metro bekati

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt