Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisod Plus

Telegram kanalining logotibi iqtisodplus — Iqtisod Plus I
Telegram kanalining logotibi iqtisodplus — Iqtisod Plus
Kanal manzili: @iqtisodplus
Toifalar: Bloglar , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.45K
Kanalning ta’rifi

Ushbu blogda iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador bo'lmagan qiziq ma'lumotlar berib boriladi.
@SukhrobSharipov

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-06-23 07:22:00
Kun motivatsiyasi

Har safar, biror narsa sizni diqqinafas qilsa, dunyo tor ko'rinsa yoki ishingizda raqobat va bellashuv sezganingizda, ushbu fotoga qarang.

Fotolarda Xitoy Tasviriy San'at univesiitetiga kirish imtihoni tasvirlangan

@Iqtisodplus
1.6K views04:22
Ochish/sharhlash
2022-06-22 21:33:45
Odatda yozuvchilar o'z hayotidagi biror voqeaga asarlarida ham ishora qilib ketadi.

Antuan de Sent-Ekzyuperi ilk sevgilisi Luizadan rad javobini olgach, uzoq vaqt tushkunlikda yuradi. Go'yoki Luiza Antuan uchun yagona edi. Lekin oradan bir necha yil o'tib 1931-yilda Konsuelo Sunsinni uchratadi va yoqtirib qolib, unga uylanadi.

Adabiyotchilarning fikricha, Antuan keyinchalik "Kichkina shahzoda"da yozgan quyidagi jumlalar bejizga emas edi:

Kichkina shahzoda Yer tomon uchib kelgach ko'rdiki Uning atirguli — yagona emas ekan, Yerda undan ham chiroyli juda ko'p atirgullar bor edi!

Odam hayotda bir narsani shu eng zo'ri deb o'ylab qolmasligi kerak. Zo'r deyish — nisbiy tushuncha. Olamni o'rganing)

@Iqtisodplus
1.5K views18:33
Ochish/sharhlash
2022-06-22 15:46:04
Kelajakda yashayotgan mamlakat

Yaponiya supermarketlaridagi go'shtlar har doim yangi (fresh) holda bo'ladi, chunki texnologiyalar bunga majbur qiladi.

Xullas go'sht qadoqlariga narx yozilgan stikerlar yopishtirilgan bo'lib, ular ammiakka reaksiya beradi va go'shtning vaqti o'tgan sari aynib boshlasa, stikerning pastki tomoni ham ko'kara boradi. Bu orqali bir qarashning o'zida go'shtning taxminiy muddatini anglab olish mumkin. Pastki qism ko'kargach, skaner uning shtrixini o'qiy olmay qoladi.

Ajoyib yondoshuva? Stikerning qum soati ko'rinishida ekanligi ham kreativ!

@Iqtisodplus
2.1K views12:46
Ochish/sharhlash
2022-06-16 22:00:27Suratkash osmon

Chaqmoq charaqladi tunda nogahon,
Yorim, sen kulib tur, tushma gʻaflatga.
Husningni hurlarga koʻrsatay debon
Osmon olayotir seni suratga…

Rustam Mirvohid

@Iqtisodplus
2.3K views19:00
Ochish/sharhlash
2022-05-17 14:20:03 Yaxshi niyat yomon amal uchun bahona boʻla olmaydi.

Xuddi shunday mashhurroq ibora bor. Bu oʻrta asrda yashagan katolik rohib Bernard Klervoning iborasi. Aslida, u bu gapini oʻzining dindor birodarlariga qaratib aytgan, lekin koʻp narsaga taalluqli gap.

Ibora shunday:

Jahannamga yoʻl yaxshi niyatlar bilan qurilgan.

Behzod Hoshimov

@Iqtisodplus
3.7K views11:20
Ochish/sharhlash
2022-05-07 11:19:50 ​​Hayolim hayolingga integratsiya qilsam,
Gardingni surib ko‘zga motivatsiya qilsam,
Ko‘ngling inja ko‘zgudir, nogoh darz ketmasin deb,
Jonimdan g‘ilof aylab, lominatsiya qilsam.

Na iloj, yashayapman yolg‘on, chinlaring aro,
Balandparvoz gapirmam “sarlochin”laring aro,
Balki bir bor shivirlab quloqchinlaring aro –
Qaytib hech kas qilolmas kulminatsiya qilsam.

Ovozli xabarlaring – takallumingdan sening,
Totli “mp3”laring – tarannumingdan sening,
Tabiiy lablar aro tabassumingdan sening –
Murda yanglig' hislarim aktivatsiya qilsam.

Bo‘lsam-da ming bo‘lakka, dil bog‘lanmas bo‘lakka,
Hajring tig‘lari oxir yetib bordi suyakka,
Yozg‘irsam hayron bo‘lma, kerak bo‘lsa Falakka –
Vasling bermadi deya apellyatsiya qilsam.

Mayli, sanksiya bergil jabru sitamlar uzra,
Omadim kulib jami yulduz odamlar uzra,
Yuragimda to‘shalgan alvon gilamlar uzra
Faqat sen ila tanho paparatsilar qilsam...

Muhabbat – yo‘l, men boshdan, sen-chi, so‘ngidan kelib,
Men Shomdan kelsam go‘yo sen Farangidan kelib,
Bir xush tush ko‘rsam, u tush yana o‘ngidan kelib,
Chap ko‘ksimda biz uchun Assotsiatsiya qilsam.

Husning mulkiga jami iqtisodim o‘tkazib,
Qalb hisob raqamingga hissiyotim o‘tkazib,
Bu ham yetmasa... shartta bor hayotim o‘tkazib –
Fanda yo‘q inqilobiy innovatsiya qilsam!

Rustam Mirvohid

@Iqtisodplus
4.1K viewsedited  08:19
Ochish/sharhlash
2022-04-27 10:33:2930 йил аввал Тошкентда 358 трамвай ва 308 троллейбус бўлган

Бундан 30 йил аввал гарчи Совет иттифоқи қулаши ортидан бошланган чуқур иқтисодий бўҳронга қарамай, жамоат транспорти масаласи кун тартибида бўлган. Бугунгидай қолдиқ, панжа орасидан қараладиган иккинчи даражали масала эмас.

Жамоат транспорти деградациясида қаерга етиб келганимизни мана бу рақамлар ҳам акс эттиради:

«Ҳар куни 358 трамвай ва 308 троллейбус йўналишлар бўйлаб манзилга чиқади». Бунга энди камида мингта автобусни қўшинг (орадан 3 йил ўтиб автобуслар сони 1117 тани ташкил этган). Тасаввурингиз тўлиқ бўлиши учун 1992 йилда пойтахтда ҳозигидан 1,5 баробар кам аҳолини яшаганини ҳам инобатга олинг.

Расмий маълумотларга кўра бугун пойтахт транспорт тизимида 1442 та автобус бор, лекин уларнинг 196 таси техник носоз ва амалда ҳар куни маршрутга 940-950 та автобус чиқади холос.

Абгор аҳволимизни янада кўпроқ тасаввур қилишингиз учун яна қўшимча. Автобус паркининг 763таси шаҳарда одам ташиш учун мўлжалланмаган SAZ ISUZU автобуслари.

Ҳа айтгандай, 30 йил аввал Тошкентга ҳозиргидек ҳеч ким сайламаган, тадбиркорлиги ё амалдорлигини ажратиш жуда қийин ҳоким эмас, Тошкент тарихида биринчи ва охирги марта умумхалқ сайловларида сайланган Адҳамбек Фозилбек раҳбарлик қилган.

Суратда чапдан биринчи Адҳамбек Фозилбеков. Ушбу суратга муҳрланганлардан фақат Владимир Путин ҳаёт, қолганлар чин дунёга риҳлат этишган.
3.3K views07:33
Ochish/sharhlash
2022-04-16 20:26:02 Иди даже один против всего мира
Сила не в деньгах, в твоих мечтах сила
Иди вперед, когда уже невыносимо
Мечтай, но пока в жилах кровь не застыла

Butun dunyo qarshi bo'lsada, oldinga intilgin inson,
Kuch faqat pulda emas, sening orzularingda — ishon!
Bardoshing tugasa hamki talpingin oldinga,
Orzu qil, toki tomiringda sovimasdan qon!

*O'xshamagan tarjima uchun uzr)

@Iqtisodplus
3.3K viewsedited  17:26
Ochish/sharhlash
2022-04-15 09:42:41 ​O'zingga ehtiyot bo'l... Yaqinda bir tanishimga "Tabriklaymiz, siz Zakovat o'yini ishtirokchisiga aylandingiz, quyidagi linkni bosing va savolga javob berib, pul mukofotini qo'lga kiriting!" degan xabar kelibdi. Tanishim ham ishonib o'sha linkka kirgan…
3.2K views06:42
Ochish/sharhlash
2022-04-15 09:39:42Toshkent shahar IIBB kartalardagi pullarni o‘g‘irlashning yangi usuli paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi, deb yozadi kunuz.

Noma’lum shaxslar o‘zi tanlagan ma’lum bir guruh a’zolariga guruh ma’murlari nomidan tasodifiy tarzda aniqlanadigan “aksiyada” g‘olib bo‘lgani haqida xabar yubormoqda. Shundan so‘ng, ular pul mukofotini g‘olib bo‘lgan foydalanuvchi plastik kartasiga o‘tkazishga tayyor ekaniga ishontirib, buning uchun havolaga amal qilishni so‘raydi.

Bildirilishicha, bunday havolalar esa O‘zbekistonda ma’lum bo‘lgan to‘lov tizimlari saytlariga olib boruvchi havolalarga o‘xshashligi sababli, ko‘pchilik fuqarolarning e’tiborsizligi va yanglishib qolishi oqibatida salbiy holatlarga olib kelmoqda.

Toshkent shahar IIBB internet foydalanuvchilarini hushyor hamda e’tiborli bo‘lishga, turli xil lotereyalardagi “tasodifiy” yutuqlarga ishonmaslikka, shubhali havolalarga kirmaslikka va plastik kartalari ma’lumotlarini kiritmaslikka chaqirgan.

“Ayniqsa, kartangizning amal qilish muddatini ko‘rsatish va SMS orqali kelgan “tasdiqlash kodi”ni yuborish haqidagi so‘rov shubha uyg‘otish uchun asos bo‘ladi.

Agar, hozirda sizning plastik kartangizda pul mablag‘lari bo‘lmasa ham, maxfiy ma’lumotlarni kiritish firibgarlar uchun kelajakda sizning kartangizdan g‘araz niyatlarda foydalanib, hisobingizdagi barcha pullaringizni yechib olish imkonini beradi.

Iltimos, internet tarmog‘i orqali sizga kelayotgan har qanday xabarlardan ogoh bo‘ling”
, deyiladi rasmiy xabarda.

@Iqtisodplus
3.1K views06:39
Ochish/sharhlash