Get Mystery Box with random crypto!

2021-yilning dekabr oyida NASA “James Webb” nomli teleskopni f | Iqtisod Plus

2021-yilning dekabr oyida NASA “James Webb” nomli teleskopni fazoga uchirgan edi. Bu yangi teleskopning yaratilishi uchun 100 milliard AQSH dollari sarflangan! Shu birgina ma'lumotning o'zidan qurilmaning naqadar qimmatli va ahamiyatli ekanini bilib olish mumkin.

Shu vaqtgacha, astronomlar koinot haqidagi ko'p ma'lumotlarni “Xabbl” teleskopi yordamida aniqlab kelgan. Endi bo'lsa, olimlar “Xabbl” aniqlagan yulduzlarni yana 100 marta kattalashtirib ko‘rish va o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi! Chunki “James Webb” “Xabbl”dan taxminan yuz karra kuchliroq.

Bugun NASA “James Webb”dan olingan ilk suratni e'lon qildi. Bu suratda hali astronomlarga ma'lum bo'lmagan ko'plab yulduz va galaktikalar aks etgan. Olimlar bu suratlarni o'rganib, Yer kabi tirik sayyoralarni topishni orzu qilishmoqda!

Demak, yaqin kelajakda sodir bo‘ladigan aql bovar qilmas kashfiyotlarga tayyor turishimiz kerak, doʻstlarim!