Get Mystery Box with random crypto!

​Retro-anekdot Yerga o’zga sayyoraliklar uchib kelishibdi. Av | Iqtisod Plus

Retro-anekdot

Yerga o’zga sayyoraliklar uchib kelishibdi. Avval Yerni aylanib, uni obdon o’rganib chiqishibdi. Keyin odamlar bilan suhbat qurishibdi:

- Nimaga sayyorangizda buncha axlat ko’p?
- Axlatni qayta ishlaydigan zavodlar qurishga pul yetmayapti.

- Nimaga sayyorangizda ochlar va uysizlar ko’p?
- Ularni to’ydirishga va uy bilan ta’minlashga pul yetmayapti.

- Nimaga sayyorangizda urushlar tinmaydi?
- Chunki hammamizga pul yetishmaydi, shunga bir-birimizdan o’sha pullarni kuch bilan o’zlashtirishga majburmiz.

- Nimaga sayyorangizda bunchalik ko’p odam davosi bor kasalliklardan o’lib boradi?
- Hamma kasallarni shifoxonalar va shifokorlar bilan ta’minlab berishga pulimiz yo’q.

Shunda o’zga sayyoraliklar boshini qashlab, o’ylanib qolishibdi.

- Mana biz butun galaktikani aylanib chiqib, bunchalik noyob va muxim bo’lmish "pul" degan resursga duch kelmabmiz haligacha. Bizga shu resursingizni va uni kosmosning qayeridan qazib olishingizni ko’rsata olmaysizlarmi, biz sizga undan ko’proq topib kelib, sayyorangiz muammolarini xal qilishga qarashib yuborardik?

deyishsa, odamlar aytarmish:

- A biz pul uchun hech qayerga uchmaymiz. Biz ularni o’zimiz pechat qilib chiqaramiz.

- O’zingiz?
- Ha, o’zimiz.

... ushbu javobdan keyin Koinot boshqaruvida Yer sayyorasi aholisi "ongli mavjudotlar" ro’yxatidan olib tashlanibdi.

@Iqtisodplus