Get Mystery Box with random crypto!

Turli nashrlardagi ma'lumotlarga ko'ra Rossiyaning Ukrainaga q | Iqtisodchi kundaliklari

Turli nashrlardagi ma'lumotlarga ko'ra Rossiyaning Ukrainaga qarshi 24-fevralda boshlagan harbiy harakatlari natijasida 400dan ortiq tinch aholi, 10 mingdan ko'proq ukrain, 4 mingdan ko'proq rus askarlari halok bo'ldi.

Hozir yozayotganlarim shaxsiy fikrlar, menga sizning munosabatingiz qiziq. Mening fikrimcha tinch aholi va qurolli kuchlar askarlari o'rtasida farq katta emas. O'rta hisobda 100 mingdan ko'p qo'shini bo'lgan davlatning har bir jangchisi kuchli salohiyatli professional bo'lmaydi. Xizmat yoshiga yetgan sog'lom yigitga quroldan otishni o'rgatsangiz urushga kirib odam o'ldira oladi. Bunga shubha bo'lmasa kerak.

Lekin shuni unutmaslik kerakki, askar ham tinch aholi, uning qo'lidan ham qurol tushadi, uning ham uyida oilasi bor, u ham o'ladi, vafotidan keyin yaqinlari uning ortidan yig'lab qolishadi, u ham muqarrar kunda o'z qilganlari uchun javob beradi.

Bu bilan aniq xulosa qilganim yo'q, shunchaki, qurbonlar statistikasiga nazar tashlaganingizda esini yegan elitaning nafaqat o'zga, balki o'z millatining ham tinch aholisi qonini to'kayotgani haqida biroz o'ylab ko'ring.

@iqtisodchi_kundaliklari