Get Mystery Box with random crypto!

Singapur milliy universiteti matematika fakultetida magsitratu | Iqtisodchi Kundaligi

Singapur milliy universiteti matematika fakultetida magsitratura+PhD da o`qishni istaysizmi?

Sizlarga ajoyib xushxabarni yetkazmoqchiman. Kecha Singapur milliy universiteti matematika fakulteti PhD dasturiga talabalarni qabul qiluvchi asosiy shaxslardan biri bilan suhbatlashdim, va fakultet bilan norasmiy kelishuvga erishdim. Bu kelishuvga ko`ra har yili o`zbek talabalaridan 3-4 nafarinia Singapur milliy universiteti matematika fakulteti phd dasturiga tavsiya qiladigan bo`ldim. Bular tavsiya qilingan talabalardan kichik imtixon olib ingliz tili darajasi tekshirilib, talabga javob bersa grand ajratadigan bo`ldi. Bunda talabalar umumiy competiondan tashqariroq competition bo`yicha qabul qilinadigan bo`ldi, ya'ni sodda qilib aytganda minimal talab bor shuni bajargan o`zbek talabasi phdga qabul qilinadi. Bu o`zbek matematika talabalari uchun ajoyib imkoniyat deb o`ylayman.

Bu yerni phd dasturi 5 yillik hisoblanadi, bu 5 yil magistraturani ham o`z ichiga oladi, ya'ni bakalavrni bitirgan bola bu yerga phdga topshirishi mumkin. Bu yerda quyidagi sohalar bo`yicha juda kuchli matematiklar bor:

Combinatorics
Representation theory
Complex analysis
PDE
Number theory

Shu sohalardan birortasiga qiziqqan matematik talabalar tayyorlanishni boshlashingiz mumkin.

Ma'lumot sifatida aytishim mumkinki Singapur milliy universiteti (National University of Singapore) dunyo reytinglarida eng yuqori o`rinlarda (11 o`rin) turadi. Undan tashqari Singapurda asosiy til ingliz tili hisoblanadi, ingliz tilini o`rtacha bilgan va matematikani yaxshi bilgan bola bemalol eplab ketadi, faqat avval aytganimdek dangasa bo`lmasa bo`ldi.

@karimraximov