Get Mystery Box with random crypto!

#tafakkur Odamzotning qanday mõjiza qilib yaratilganligi, me | Iqro 🍃

#tafakkur

Odamzotning qanday mõjiza qilib yaratilganligi, menimcha, barchaga ma'lum. Agar kimningdir bunga shubhasi bõlsa, sal izlansin, yo marhamat yuqoridagi suratni kõrsin. Unda aytilishicha: inson miyasining siğim miqdori 100 trillion bitga teng. Bu degani 500 mingta Britannica Ensiklopediyasi (ustma-ust qõyib taxlanganda balandligi 600 km ga yetadi, 600 km ). Yoki inson miyasidagi nerv impulslarining soatiga 230 km tezlikda harakatlanishi, yo bõlmasam, kõz muskullarining kuniga 100ming marotaba harakatlanishi, yoki jigarda 1 million dona filter mavjudligi va hokazo. Ustimizdagi shu sarmoyaga bir qarang! Shu a'zolaringizning har birini qanchaga baholagan bõlardingiz? Bebaho, shunday emasmi?
Endi keling siz bilan tasavvur dunyomizga sayohat qilaylik. Tasavvur qiling onangiz qõlingizga ma'lum miqdorda sarmoya(pul) tutqazib, "bolam, shu pulga borib supermarketdan non olib kel." dedi. Siz ham "xõp bõladi, onajon." deb yõlga ravona bõldingiz. Shahar markazidagi eng katta supermarketga bordingiz chunki u yerda non bõlishi ehtimoli yuqori. Supermarketdan bir kirdingiz, qarasangiz bir olam ne'mat, kõzni quvontiruvchi anvoyi, allambalo, biri biridan jozibador mahsulotlar. Hammasini olgingiz keladi. Endi tasavvurimizni biroz kengaytiraylikda, shu supermarketdagi hamma narsaning narxini bir xil qilib qõyaylik. Yani, non ham teng narxda qolgan barcha ajabtovur narsalar ham. Endi sizni ichingizdan shunday bir jõshqinlik kelyaptiki, bu narsalarni kõrib, non olishga kelganingizni ham unutdingiz, ammo qõlingizda sarmoya borligi yodingizda. Aylanib yursangiz kõzingizni supermarketdagi eng jozibador narsa õziga tortdi(uning nimaligi tasavvuringizga havola). Juda xohlayapsiz shuni sotib olishni chunki sizning hozirgi tushunchangizga kõra u sizga nondan kõra kõproq huzur baxsh etadi. Xullas, nafs bir õyinini qildiyu siz ham õsha narsani sotib oldingiz. Endi sizda na sarmoya bor va na non bor. Ammo uyga qaytish shubhasiz, borar boshqa joy yõq. Uyga qaytdingiz. Onangiz bir qarasa non yõq. Qõlingizda allambalo narsani kõtarib olgansiz. Katta ehtimol bilan bir tarsakini olasiz yuzingizga, undan ham yomoni onangizning sizdan hafsalasi pir bõladi. Axir shuncha mehrga qarshilik nafsning emas onaning aytganini qilish kerak edida.
Endi masalaning nozik joyiga keldik. Qarang biz ham bu dunyoga juda katta sarmoya bilan kelganmiz. Biz qodir bõlgan ishlarga olamdagi boshqa biror mavjudod qodir emas. Qõlimizga sarmoyani tutqazayotib, Robbimiz: "Ma ol, dunyo degan "supermarketga" borgin-da, õzingga jannatni sotib ol" degan. Biz ham uydan "xõp bõladi, Robbim" deb chiqib ketganmiz-u, dunyo degan supermarketga kelgach, nega kelganimizni unutdik gõyo. U qadar boshqa narsalarga mahliyo bõlib qoldikki, nafsimiz u qadar hakalak otib jannatdan boshqa hamma narsani talab qilyaptiki, uning havosiga uchib oxirgi sarmoyamizni boshqa narsaga sarflab qõymasak edi! Qõrqadi odam. Chunki agar Robbimizning hafsalasini pir qilsak, uning "tarsakisi" hech onamiznikiga õxshamaydi. Abadiy jahannam, Alloh saqlasin. Demak, hali qõlimizda sarmoyamiz bor ekan, hali dunyo degan supermarketda ekanmiz, aqlimizni yiğib, borib Jannatni sotib olaylik. Aks holda, ahvolimizga voy! Alloh saqlasin!

https://t.me/iqrotranslations