Get Mystery Box with random crypto!

Bir yigit aytadi: «Ishdan kech qaytayotgandim. Yomgʻirda oxir | Iqroo | إقرأ

Bir yigit aytadi:
«Ishdan kech qaytayotgandim. Yomgʻirda oxirgi bananlarini sotish uchun xaridor kutayotgan kishini koʻrdim.
Uyimda banan boʻlsa ham, unga rahmim kelganidan banan sotib olmoqchi boʻlib u tomon yurdim. Boshqa tarafdan kelayotgan yigit ham banan sotib olmoqchi edi. Men fursatni unga berib chetga oʻtdim. Unga: - Men sotuvchiga rahmim kelganidan sotib olmoqchi edim. Yomgʻirda turmasin, degan edim, - dedim.
U yigit:
- Qarang- a, men ham xuddi shu niyatda keldim, menga banan olish zarur emasdi, - dedi...
Bu odamning qanday tabiati bor ekanki, Alloh unga ikki insonning mehrini, rahmini, marhamatini boʻysundirib qoʻyibdi, deb oʻyladim.
Bugun yana oʻsha sotuvchini koʻrdim. U yer supuruvchiga bir nechta banan uzatdi.
Shu yerda muhim bir haqiqatni angladim. Alloh yaxshi insonlarga boshqalarning qalbini musaxxar qilar ekan. Kim yaxshilik qilsa, Allohning Oʻzi unga bildirmasdan, Oʻz huzuridan yordam qoʻshinini yuborar ekan.
Hazrat Aliy roziyallohu anhu dedilar: «Ehsonni lozim tut!
U eng afzal ziroat, eng daromad keltiruvi tijoratdir!»