Get Mystery Box with random crypto!

​​#Bismillah #fikrlashamiz IELTS ga mustaqil tayyorlanish m | Iqro bekati

​​#Bismillah
#fikrlashamiz

IELTS ga mustaqil tayyorlanish mumkin!

Universitetga kirgandan soʻng inson zerikib ketadi. Chunki yangi narsa oʻrganishni hayol qilgan miya, boshlangʻich maʼlumotlarni hazm qilolmaydi. Men ham 1-kursligimda vaqtimning bekor oʻtayotganidan siqilib yurganlardanman . Maqsadim arab tilida oʻqish boʻlgan, afsus taqdirim boʻlmagan. Keyin Alloh menga ingliz tili sohasida ketishni nasib qilibdimi, demak, bilimimni oshirishim shart deganman. Chunki oʻsha paytlar grammatikadagi qoidalardan boshqasini bilmasdim . Birinchi marotaba IELTS ga aynan tilni oʻrganish, gapira olish maqsadda tayyorlanganman. Hatto imtihon kuni bir qiz 'Nega topshiryapsiz?', degan payti 'Oʻzim, shunchaki, bilimimi sinash uchun' deganman. Albatta, endi oʻrganuvchi sifatida 3oy kurslarga qatnaganman. Koʻnglim toʻlmasdi negadir. Oxirgi 2oyda deyarli oʻzim va bir kursdoshim yordamida dars qilishni maʼqul koʻrdim. Shunday qilib taxminan 5 oy IELTS dan 6 olish uchun tayyorlangan ekanman. Ammo oʻqituvchilarimning hissasini hech ham inkor qilmayman. Bu sertifikat 2yil chang bosib yotgan boʻlsa ham, men uchun juda katta tajribani berdi. Imtihon muhiti, ayniqsa, xayajonni yenga olishni oʻrgatdi.
Keyingi safar magistratura uchun topshirdim. Bu safar bilimimga va Allohning yordamiga koʻproq ishondim. 25kun tayyorlandim. Natijadan juda qoniqdim va oʻzimga ishonchim ortdi. Mustaqil tayyorlanib hatto 8+ ham olish rejamda bor In shaa Alloh.

Listening uchun - dictation asosiy rol oʻynagan, yaʼni oʻzingizning darajangizga mos matn va audio matnini topib yozing va tekshiring. Xatolaringiz kamygungacha takrorlayvering. Mana shu jarayondan soʻng bemalol praktislarga oʻtolasiz. Boshida praktislar qiyin tuyiladi. Chunki savol turi haqida, listening muhiti haqida deyarli hayotiy tajribangiz yoʻq boʻladi hali. Doimiy ravishda ishlab yursangiz hammasini besh qoʻlday bilib olasiz In shaa Alloh.

Reading - savol turlari bilan tanishib chiqing. Darajangizga toʻgʻri keladigan matn tarjimasi reading uchun eng muhim bosqich. Matnni qaanchalik yaxshi tushunsangiz, shunchalik yaxshi ishlaysiz.

Writing - sample answer tarjima qilish, tushunish va yod olish. Tinimsiz sample answer oʻqing. Yozmasez ham oʻqiyvering, qayta-qayta oʻqing bittasini. Yangi soʻzlarini, albatta, koʻchirib oling.

Speaking - ovozni record qilish va oʻzingizga tinimsiz gapirib yurish orqali zoʻr oshadi. Ham imitationni koʻpaytiring. Yaʼni videoga qarab taqlid qilib gapirish.

Eng muhimlaridan biri soʻz yodlash. Bir soʻzni majburlikdan oʻrganmang, qiziqib oʻrganing. Masalan, men video tomosha qilayotganimda hamma soʻzga ham qiziqib qolmayaman, balki eng qiziqqanlarimni alohida tarjima qilib koʻraman. Yangi soʻzlarizga gap tuzib speaking uchun baza yaratib oling! Bu muhim!

Muhimi aniq maqsad va qattiq mehnat. Tilni seving. Har kun qanchadir muddat ajrating yangi narsa oʻrganishga. Qancha katta ball kerak boʻlsa, tushunish va ingliz tili qobiliyatingiz shuncha baland boʻlishi lozim. Albatta, duolar qiling. Allohdan soʻrayvering. U qodir boʻlmagan ish yoʻq, axir.

Hammaga omad tilayman. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin

Manbalar bu yerda: @onlyieltsavailable

@iqrobekati