Get Mystery Box with random crypto!

Men hayotga ishonaman qiyomatgacha, Shabnam qurib, tinguncha t | "IQRO" KUTUBXONASI

Men hayotga ishonaman qiyomatgacha,
Shabnam qurib, tinguncha to bulbul kuylari.
To mo‘jiza jo‘nlashguncha,
Ya’ni, ishq bilan
Vidolashmoq uchun yarim nafas bor hali.
O‘lgim kelsa menga ruxsat bermaydi, biroq,
Bitta orzu – olislarda qo‘lim yetmagan.
Qanday oddiy bo‘lay, o‘ylab ishtirokimning
Shartligini bir majlisga. O‘nda. Ertaga.
Qanday qilib oddiy bo‘lay?
Chiroqsiz qolib,
Mahkum bo‘lsam chiroqsizga bergali madad.
Qanday qilib oddiy bo‘lay?
O‘shal xayoliy
Shu’lazorga men ularni aylasam da’vat.
Qanday qilib oddiy bo‘lay?
Axir bozordan
Yangi ko‘ylak sotib olsam har bir qadamda,
Kelganimda har gal sizning ko‘z oldingizga,
Keltirmasam yangi jonni yangi badanda.
Qanday qilib oddiy bo‘lay?
Qachonki…
Asli
Oddiyligim va oddiylik – go‘zal, betakror.
Oddiylik, bu – mo‘jizadan, balki, balandroq,
Hali vaqt bor,
Hali tag‘in yarim nafas bor.
Balki, qay bir eski to‘rva, eski sandiqda
Qolgandir ishq va muhabbat yuqidan asar.
Tug‘ilmoqqa qadar bosib o‘tay bu yo‘lni,
To tozarmoq,
To Xudo
To O‘zimga qadar!

Farzona.