Men qilmasdim. O’rnida bo’lganimda bu xatoni aniq qilmasdim deyman. Adashdi. Oddiy narsani bilmadi. Shunaqayam sodda bo’ladimi deyman. Salbiy baho beraman.* O’sha vaziyatga ozim tushaman. Xuddi o’sha xatoni qilaman. Uni holatini keyin tushunaman. Endi salbiy bahodan tiyilaman. Chunki men uning vaziyatini bilmayman. Men kabi bolaligi bo’lmagandir. Ota-onasi boshqachadir. Ustozlari, fikrlashi, o’qigan kitoblari boshqadir balki. Men bilayotganlarni bilmas. Unutib qo’ygandir balki. Savol so’rayman, maslahat beraman, yordam ayamayman. Lekin endi baho bermayman. ----------- Baho berish bu yerda judging, осуждение manosida kelyapti. Yani: hukm oqish, muhokama qilish, salbiy baho berish. @azizrakhimov_blog 32 views13:15