Get Mystery Box with random crypto!

Sen Qurʼonni yaxshi koʻrasanmi? Koʻpchiligimiz bu savolga “Al | IQRO 📖 Kitob o'qi...

Sen Qurʼonni yaxshi koʻrasanmi?

Koʻpchiligimiz bu savolga “Albatta!!!”,
“Qanday yaxshi koʻrmasligim mumkin, musulmonmanku?!”- deb javob beramiz.
Xolisona oʻzimizdan soʻraylik.
Qurʼon bilan oʻtirganimizda,
hech boʻlmasa yarim soat undan zerikmasdan oʻqiy olamizmi?
U bilan birga oʻtirganimizda sevinamizmi?
Uni sogʻinamizmi?
Dunyo ishlarimizda unga murojaat qilamizmi?
Uni buyruqlariga itoat qilamizmi?
Qaytariqlaridan oʻzimizni tiyamizmi?
Sen qanday qilib qurʼonni yaxshi koʻrishingni davo qilasan,
oʻzing internetda soatlab oʻtirsanu,
u bilan oʻtirishga uch-toʻrt daqiqa toqat qilmasang?!
Sen qanday qilib qurʼonni sevishing mumkin,
uni faqat ramazondagina ochsang?!
Biz qanday qurʼonni sevishimiz mumkin,
kunu-tun maʼsiyatlar ichida boʻlsak?!

Usmon ibn Affon roziyallohu anhu aytadilar:
Agar qalblaringiz pok boʻlganida edi,
Robbingizni kalomiga toʻymagan boʻlar edingiz.

#Dr. Hassan Shamsiy Pasha

@alamiy_uz