Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu haftaning asosiy yangiliklari 'Moliyaviy daydjest'da: 1 | Ipotekabank OTP Group

Ushbu haftaning asosiy yangiliklari "Moliyaviy daydjest"da:

1. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,1 milliard dollargacha ko‘paydi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari may oyi boshida 35,1 milliard dollarga yetdi, bu bir oy avvalgiga nisbatan 2,68 foizga ko‘pdir. Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jahon regulyatorlari orasida qimmatbaho metallarning asosiy sotuvchisiga aylandi. O‘zbekiston Markaziy banki joriy oy davomida 11 tonna oltin sotdi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbari so‘mning tezroq devalvatsiyasi sabablari haqida izoh berdi.

Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov o‘zbek so‘mining 2023-yilning birinchi choragiga nisbatan devalvatsiyasi yuqori bo‘lganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy sabab valyutaga bo‘lgan talabning ortishi va qarzlar bo‘yicha to‘lovlarning ko‘payishidir.

3. O‘zbekiston AQSh va Buyuk Britaniyani konchilikka jalb qiladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan iqtisodiy hamkorlikni, ayniqsa, tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirish rejalari haqida gapirdi. Yigilishda Navoiy kon-metallurgiya zavodi qimmatli metallar zahirasini ishlab chiqarish rejalari xam ko'rib chiqildi va ishlab chiqarish tannarhini 10-15 foizga pasaytirish, hamkorlikda ishlab chiqarish hajmini oshirish va rivojlantirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Bundan tashqari, mutasaddilarga xorijiy ekspert va investorlar ishtirokida kamyob metallar bo'yicha 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturini shakllantirish topshirildi.

Telegram   |   Instagram
Facebook  |     Linkedin
Youtube    |     Sayt