Get Mystery Box with random crypto!

Firibgarlar tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog'ida Ipoteka-ban | Ipotekabank OTP Group

Firibgarlar tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog'ida Ipoteka-bank hech qanday hujjatlarsiz 300 million so'm onlayn mikroqarz berayotgani haqida yolg'on xabarlar tarqatilmoqda.

Ushbu ma’lumotni Ipoteka-bankka hech qanday aloqasi yoqligini, aksincha, bu firibgarlik ekanligini ma'lum qilamiz.
Sizlarni bu kabi yolg'on xabarlarga ishonmaslik, turli ma'lumotlarni shubhali saytlardan olmaslik, shuningdek, noma'lum havolalarga kirmaslikka chaqiramiz.

Ipoteka-Retail mobil ilovasini faqatgina AppStore yoki GooglePlay dan o'rnatishingizni so'raymiz.

Shu bilan birga kartangiz ma'lumotlari va SMS tasdiqlash kodlarini aslo shubhali sayt yoki ilovalarga kiritmang!

Ipoteka-bank OTP Group Bank tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar va mahsulotlar haqidagi ma'lumotlarni bankimizning rasmiy veb-saytidan hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan olishingizni maslahat beramiz.

+998781501122
www.ipotekabank.uz
t.me/ipotekabankofficial
fb.com/ipotekabankofficial
instagram.com/ipotekabank.uz
youtube.com/ipotekabankofficial
linkedin.com/ipotekabankofficial

Unutmang: firibgarlarning asosiy maqsadi — Sizning bank kartangizdagi mavjud mablag‘larni o‘zlashtirib olishdir!