Get Mystery Box with random crypto!

Yevropadagi mashhur metro liniyasi aynan Budapeshtda qurilgan | Ipotekabank OTP Group

Yevropadagi mashhur metro liniyasi aynan Budapeshtda qurilganini bilarmidingiz?

Uning 128 yillik faoliyati keng nishonlanmoqda.

Budapesht London metrosi ishga tushirilganidan 40 yil o‘tib, 1896-yil 2-mayda Yevropada mashhur hisoblangan ikkinchi metro liniyasini yo’lga qo’ygan. Qolaversa, Budapesht metrosi Yevropada eng qadimgi metro sifatida ham tilga olinadi.

Millenium yer osti temir yo'li yoki M1 – Vengriya shahrida qisqa metro liniyasi hamdir. Sayyohlarning fikricha, uning kichik stantsiyalari va vagonlari kishi e’tiborini o’ziga tortadi. M1 liniyasining umumiy uzunligi 4,4 km bo'lib, 11 ta stansiyadan tashkil topgan. Bajcsy-Zsilinszky út stantsiyasidan Hősök tere stantsiyasiga o’tuvchi qismi Budapeshtning mashhur ko'chasi - Andrashi (Andrássy út) shox ko’chasidan o'tadi. Metroning "Tarixiy" nomli liniyasi tramvayga o’xshash poyezdlari va harakat platformalari bilan qolganlaridan farqlanib turadi.

Ayni paytda Budapeshtda 4 ta metro liniyasi va 52 ta stantsiya faoliyat ko’rsatib, uning oxirgi liniyasi 2014 yilda yo'lga qo'yilgan.

Vengriyaliklar o’z tarixiy metrosi bilan chinakam faxrlanishadi!

Telegram | Instagram
Facebook | Linkedin
Youtube | Sayt