Get Mystery Box with random crypto!

Ipoteka-bank firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqir | Ipotekabank OTP Group



Ipoteka-bank firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi

Ipoteka-bank Sizlarni turli bahonalar bilan bank kartangiz ma’lumotlarini bilib olishga urinishlarga javob bermaslikka chaqiradi.

Shuningdek, bank xodimlari qo‘ng‘iroq qilish, SMS-xabarnoma yoki ijtimoiy tarmoqlarda xabar yuborish orqali bank kartasi egasidan uning kartasiga tegishli va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramasligini ma’lum qilamiz.

Firibgarlar “tuzog‘i”ga tushib qolmaslik uchun Ipoteka-bank quyidagilarni tavsiya qiladi:

Har qanday sharoitda ham bank kartangiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (karta raqami, PIN-kod, bank kartasining old qismi rasmlari) hamda o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni begona fuqarolarga oshkor qilmang va yubormang;

Maxfiy ma’lumotlarni kiritishingiz, ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘lgan saytlarda HTTPS:// prefiksi mavjudligini tekshiring;

Agar tashkilotlarning sayti yoki sahifasi haqiqiyligiga shubha qilsangiz, ushbu tashkilot bilan bog‘laning va ma’lumotlarga aniqlik kiriting;

Imzolanadigan barcha hujjatlarni diqqat bilan o‘qing, ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini qayta tekshiring;

Firibgarlar tuzogʼiga tushib, mablagʼingizni boy berishdan ehtiyot boʼling!

Telegram | Instagram
Facebook | Linkedin
Youtube | Sayt