Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand viloyatida “Woman in bussines СА” dasturi doirasida | Ipotekabank OTP Group

Samarqand viloyatida “Woman in bussines СА” dasturi doirasida “Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining qoʼshma loyihasiga start berildi.

“Woman in bussines СА” dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodhonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan.

Natijada “Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi oʼrtasida ayollarni moliyaviy bilimlarini yanada oshirish boʼyicha har bir hududda seminarlar oʼtkazish toʼgʼrisida shartnoma imzolangan.

Joriy yil 28-29 aprel kunlari ayol tadbirkorlar uchun “Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Raqobatbardoshlikni baholash” hamda “Marketing” mavzularida ilk trening bankning Samarqand filialida oʼtkazildi.

Batafsil
: https://www.ipotekabank.uz/uz/news/news290422/

Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin | Youtube |Sayt