Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli mijozlar firibgarlardan ogoh boʼling Bugungi kunda | Ipotekabank OTP Group

Hurmatli mijozlar firibgarlardan ogoh boʼling

Bugungi kunda firibgarlar fuqarolarning bank kartalaridagi mablagʼlarini turli yoʼllar bilan oʼzlashtirib olmoqdalar.

Ularga aldanib qolmang.

Unutmang, bank xodimlari hech qachon:

qo'ng'iroq qilgan holda bank kartasi bo'yicha shubhali savollar bilan murojaat qilishmaydi;

SMS orqali kelgan kodni soʼramaydi;

telegram tarmog'i orqali aloqaga chiqib, kredit rasmiylashtirishni taklif etmaydi;

bank karta raqamlari va uni amal qilish muddatini soʼramaydi.

Telefoningizga bank kartangiz boʼyicha kelgan SMS kodni hech kimga aytmang va hech qanday saytga kiritmang

Shunday hollarga guvoh bo'lsangiz: 78-150-11-22 yoki 1233 qisqa raqamiga qoʼngʼiroq qiling.

Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin | Youtube |Sayt