Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli mijozlar! Аgar, Siz bankimizda karta ochgan davrdan | Ipotekabank OTP Group

Hurmatli mijozlar!

Аgar, Siz bankimizda karta ochgan davrdan hozirgi kunga qadar oʼzingizning shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni almashtirgan boʼlsangiz (va bu haqida bankka xabar bermagan boʼlsangiz), u holda Sizdan:

- oʼzingizga yaqin boʼlgan manzildagi «Ipoteka-bank» АTIB filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat* bilan tashrif buyurishingizni;

- yoki 78150-11-22 telefon raqamiga yoki 1233 qisqa raqamiga qoʼngʼiroq qilgan holda shaxsiy maʼlumotlaringizni tasdiqlashingizni soʼraymiz.

Shuningdek, belgilangan identifikatsiya qilish tartib-qoidasidan oʼtmagan mijozlarning hisobvaraqlari va bank kartalari tranzaktsiyalari cheklanishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

* biometrik pasport, ID-karta, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari

Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin | Youtube |Sayt