Get Mystery Box with random crypto!

Ukraina armiyasi Baxmut yo‘nalishida «keng front» bo‘ylab oldi | IpakNews.uz

Ukraina armiyasi Baxmut yo‘nalishida «keng front» bo‘ylab oldinga siljimoqda – mudofaa vaziri o‘rinbosari

Ukraina mudofaa vaziri Anna Malyar Rossiya tomonining bayonotlariga zid o‘laroq, asosiy harbiy harakatlar Baxmut atrofida kechayotgani va bu yo‘nalishda ukrain bo‘linmalari «keng front» bo‘ylab oldinga yurayotganini ma’lum qildi.

«Biz ayrim yo‘nalishlarda hujum harakatlariga o‘tyapmiz. Xususan, Baxmut yo‘nalishi harbiy harakatlar epimarkazi bo‘lib qolmoqda. Bu yerda biz ancha keng front bo‘ylab ilgarilayapmiz. Yutuqlar bor. Baland tepaliklarni egallayapmiz», deya yozgan Malyar.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews